O'zbekiston

Uzbekistan Airways 2026-yilda ikki yangi Airbus samolyotini sotib oladi

Yo‘lovchilar uchun Airspace Premium saloni tizimi mavjud.

Uzbekistan Airways 2026-yilda ikki yangi Airbus samolyotini sotib oladi

 

"Uzbekistan Airways" AJ o‘zining havo kemalari parkini zamonaviylashtirish va kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlarini davom ettirmoqda. 2026-yilda milliy aviakompaniya leasing hamkori — China Aircraft Leasing Group Holdings Limited (CALC) kompaniyasidan ikki dona yangi Airbus A321neo rusumidagi tor fuzelyajli samolyotni qabul qiladi.

 

Mazkur samolyotlar avvaldan muvaffaqiyatli tarzda ekspluatatsiya qilinayotgan A320neo oilasiga qo‘shiladi va aviakompaniyaning samarali, iqtisodiy va yo‘lovchiga qulay parvozlarni ta’minlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Yangi samolyotlar zamonaviy konfiguratsiyada bo‘lib, unda uzoq masofali parvozlar uchun mo‘ljallangan 16 ta yotib ketuvchi biznes-klass o‘rinlari va 156 ta iqtisod klassi o‘rinlari mavjud bo‘ladi.

 

Airbus’ning yangi avlod Airspace Premium salon dizayni ham qo‘llaniladi — bu esa ovoz izolyatsiyasi yaxshilangan, kattalashtirilgan yukxonalari, shaxsiy makon, zamonaviy LED yoritish tizimi kabi qulayliklarni taqdim etadi. Shuningdek, samolyotda internetga ulanishingiz mumkin bo‘ladi. Har bir o‘rinda alohida ekranlar orqali filmlar, musiqalar, o‘yinlar va parvoz xaritalariga ega ilg‘or ko‘ngilochar tizim ham mavjud bo‘ladi.

 

Airbus A321neo — o‘z toifasida eng ilg‘or samolyotlardan biri hisoblanadi. U yuqori yoqilg‘i samaradorligi, uzoq parvoz masofasi va pasaytirilgan shovqin darajasi bilan ajralib turadi. Aynan shu xususiyatlari uni o‘rta va uzoq masofali marshrutlar uchun ideal tanlovga aylantiradi. Yangi kabina dizayni esa yo‘lovchilarga yanada qulay va zamonaviy parvoz tajribasini taqdim etadi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"