O'zbekiston

Toshkentda fuqaro IIB xodimiga pichoq bilan tahdid qildi

Fuqaroni jarohatlab, qochib ketayotgan gumonlanuvchini IIB xodimi ushlab olgan.

Toshkentda fuqaro IIB xodimiga pichoq bilan tahdid qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida fuqaro ichki ishlar organlari xodimiga qarshilik ko‘rsatayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan shahar IIBB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Aniqlanishicha, 21 iyun kuni soat 14.30 larda Uchtepa tumani 31-mavzesi hududida ikki nafar fuqaro tortishib qolgan va tomonlar o‘zaro janjallashib ketgan. Janjal vaqtida fuqaro U.M. o‘tkir tig‘li jism bilan fuqaro N.T. ga tan jarohati yetkazgan hamda hodisa joyidan yashiringan. Natijada jabrlanuvchi “chap ko‘krak qismining sanchilgan-kesilgan jarohati” tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

 

Hodisa joyiga yetib kelgan hududiy profilaktika inspektori O.Abdullayev mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsni “issiq izi”dan topib, uni ushlash choralarini ko‘rgan vaqtida U.M. unga ham pichoq bilan tajovuz qilib, faol qarshilik ko‘rsatgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi profilaktika inspektori va PPX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan hamda tergovga jalb qilingan.

 

IIO xodimlari tan jarohati olmagan.

 

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"