O'zbekiston

Avtomobil va’dasi bilan boshlangan firibgarlik: yuzlab fuqarolar aldangan

25 ta MChJ orqali milliardlab so‘mlik pul o‘zlashtirilgan.

Avtomobil va’dasi bilan boshlangan firibgarlik: yuzlab fuqarolar aldangan

Bir guruh shaxslar tomonidan tashkil etilgan 25 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) orqali keng ko‘lamli firibgarlik fosh etildi. Ular fuqarolar bilan avans asosida avtomobil yetkazib berish shartnomalarini tuzib, mashinalar 120 kun ichida topshirilishini va’da qilgan. Ammo va’dalar bajarilmagan, tushgan pullar esa o‘zlashtirilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a, v” bandlari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergovda 843 nafar fuqaroga jami 50,1 milliard so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

 

Tergov doirasida ushbu MChJlarga tegishli 339 ta transport vositasi musodara qilingan. Hozirga qadar 9 nafar gumonlanuvchiga nisbatan ayblov e’lon qilingan bo‘lib, ularga “qamoq” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ish bo‘yicha surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Avtomobil va’dasi bilan boshlangan firibgarlik: yuzlab fuqarolar aldangan | Zamon.uz