O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi
2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga oshdi.

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistondagi yirik korxonalar 168,7 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqardi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,6 foizga ko‘p.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar orasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Poytaxtda 27 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Keyingi o‘rinlarni Toshkent viloyati — 22,9 trln so‘m va Samarqand viloyati — 21,3 trln so‘m bilan egallagan.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 14,6 trln so‘mlik, Andijon viloyatida 12,8 trln so‘mlik, Qashqadaryo viloyatida 11,4 trln so‘mlik va Namangan viloyatida 11,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Buxoro viloyatida bu ko‘rsatkich 9,4 trln so‘mni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7,6 trln so‘mni, Surxondaryo viloyatida 7,5 trln so‘mni tashkil etgan.
Xorazm viloyatida 6,8 trln so‘mlik, Navoiy viloyatida 6 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa ishlab chiqarish hajmi 5,1 trln so‘mdan bo‘lgan.








