O'zbekiston

Qashqadaryoda oilaviy mojaro fojia bilan yakunlandi

Erini pichoq bilan o‘ldirgan ayolga sud hukmi o‘qildi.

Qashqadaryoda oilaviy mojaro fojia bilan yakunlandi

Qashqadaryoda erini oshxona pichog‘i bilan o‘ldirgan ayolga sud hukmi e’lon qilindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Kasbi tuman sudi ayolni aybdor deb topib, unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

 

Aniqlanishicha, voqea avvalroq ayolning turmush o‘rtog‘i tomonidan talaba qizi va o‘ziga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatilganidan keyin sodir bo‘lgan. Erkak 8 yillik mehnat muhojirligidan so‘ng uyga qaytib, mehmonlar ishtirokidagi ziyofat chog‘ida ayolini va qizini xiyonatda ayblab, og‘ir haqorat qilgan.

 

Ayol o‘zining aytishicha, voqea kuni kechasi yana janjal boshlangan. U o‘zini va qizini himoya qilish maqsadida, jahl ustida erining bo‘yin qismiga ikki marta pichoq bilan zarba bergan.

 

Sud jarayonida ayol qilgan ishini tan olib, "Men erimdan hayotim uchun xavfsiradim. U meni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Men ataylab qilmaganman", degan.

custom img

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"