O'zbekiston

Ichki reyslarga ro‘yxatdan o‘tish yanada osonlashdi

Endi elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Ichki reyslarga ro‘yxatdan o‘tish yanada osonlashdi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, 1-iyuldan yo‘lovchilar mahalliy yo‘nalishlardagi parvozlarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron variantidan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi.

 

Aeroportda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin yo‘lovchi my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga kirib, shaxsiy maʼlumotlar sahifasiga o‘tadi va elektron shaklda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tish joyidagi xodimga ko‘rsatadi.

 

Taʼkidlanishicha, faqat my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi joriy maʼlumotlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi, shuning uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida shu kabi hujjatlarning nusxalari, fotosuratlari, pasport/IDning skanerlangan variantlari yoki shaxsiy maʼlumotlar bo‘lgan veb-sayt sahifasining “skrinshot”lari qabul qilinmaydi.

custom img

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"