O'zbekiston

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” jamoatchilik uchun ochiqmi?

Isteʼmolchilar fikrini o‘rganish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarining taʼminlanishini baholash maqsadida tashkilotga jamoatchilik so‘rovi yuborildi.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” jamoatchilik uchun ochiqmi?

Jamoatchilik nazoratining mavjudligi fuqarolik jamiyatining muhim sharti hisoblanadi. Aynan jamoatchilik nazorati orqali ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy muammolar kun tartibiga olib chiqiladi va hal etib boriladi. Shu bilan birga, jamoatchilik nazorati davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlikni taʼminlashning muhim vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunida jamoatchilik nazoratining shakllari belgilangan bo‘lib, davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar, jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik eshituvi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish shular jumlasidandir.

 

Shu maʼnoda O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi korxonalar faoliyatining ishlab chiqarish, ekologik va sanitariya-gigiyenik talablarga muvofiqligi, ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, atrof-muhit muhofazasi, xavfsizlik choralari yuzasidan isteʼmolchilar fikrini o‘rganish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarining taʼminlanishini baholash maqsadida respublikamizdagi yirik korxonalardan sanaluvchi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda “Navoiyuran” davlat korxonasiga jamoatchilik so‘rovi kiritdi.

 

Ushbu so‘rov natijalariga ko‘ra, kelgusida jamoatchilik eshituvini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Bugungi kunda xalqimizda faol fuqarolik pozitsiyasi shakllanmoqda. Jamiyatdagi har bir voqelikka munosabat bildirishga intilish ortib bormoqda. Shu bois korxona va tashkilotlar o‘z faoliyatlarini jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, ochiqlik va oshkoralik prinsiplari asosida tashkil etishlari zarur.

 

Maʼlumot uchun: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” jahondagi oltin ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi to‘rtta kompaniyadan biri bo‘lib, Markaziy Osiyodagi eng yirik oltin qazib oluvchi korxona hisoblanadi.

custom img

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"