Toshkentda elektromobil yonib ketdi
Oqibatda bir kishi kuyish tan jarohatini olgan.

Bugun, 2 iyul kuni soat 04:07 da Yangihayot tumani Do‘stlik-2 dahasi 13-uy orqasida, elektromobil yonayotganligi to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 04:13 da yetib borib, yong‘in soat 04:25 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida bir fuqaro kuyish tan jarohati olish natijasida shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







