O'zbekiston

AQSHda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosiga noqonuniy migratsiya bo‘yicha ayblov qo‘yildi

Ular AQSHga noqonuniy muhojirlar olib kirishda gumon qilinmoqda.

AQSHda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosiga noqonuniy migratsiya bo‘yicha ayblov qo‘yildi

AQSHda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi — 30 yoshli Behzod Rahmatov (Ohaio shtati, Maysnvil shahri) va 31 yoshli Munis Xojiev (Pensilvaniya shtati, Filadelfiya shahri) AQSHga noqonuniy muhojirlarni moliyaviy manfaat evaziga olib kirishda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda AQSHlik advokat Devid Metkalf ma’lum qildi.

 

Rasmiy ayblov xulosasiga ko‘ra, mazkur shaxslar dastlab tanishlaridan birining mamlakatga noqonuniy kirib kelishiga ko‘maklashgan. Keyinchalik ular ushbu faoliyatni kengaytirib, boshqa xorijiy fuqarolarni ham AQSHga noqonuniy ravishda olib kirish sxemalariga jalb qila boshlagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil dekabridan 2025-yil mayiga qadar Rahmatov va Xojiev Pensilvaniyaning Sharqiy okrugi va undan tashqarida faoliyat yuritib, turli xorijiy fuqarolarni Meksika orqali AQSH chegarasiga olib kelish uchun ularga viza va pasportlar olishda yordam ko‘rsatgan. Ular bu xizmatlari evaziga muhojirlarning o‘zlari yoki ularning vakillaridan pul o‘tkazmalarini qabul qilib olishgan.

 

Ayblanuvchilar AQSHga o‘zlari ham qonuniy bo‘lmagan yo‘l bilan kirganlikda gumon qilinmoqda. Agar ayblovlar tasdiqlansa, har biriga 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

 

Mazkur ish Federal qidiruv byurosi (FQB) tomonidan tergov qilinmoqda. Sud jarayonida ayblovlarni federal prokuror yordamchilari Deniyel Beytman va Everett Viterell ilgari suradi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"