O'zbekiston

Xorazmda sudya pora bilan ushlandi

U jinoyat ishi bo‘yicha oqlov hukmi chiqartirib bermoqchi bo‘lgan.

Xorazmda sudya pora bilan ushlandi

Xorazmda 15 ming AQSH dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi. Bu haqida DXX xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi Urganch shahrida yashovchi fuqaroga nisbatan JIB Tuproqqalʼa tuman sudida ko‘rilayotgan, Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga hal qilib, oqlov hukmini chiqartirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qiladi.

 

Shundan so‘ng, tergov sudyasi 2 ming AQSH dollarini naqd pulda va 24 mln. so‘mni esa plastik karta orqali oladi.

 

Ammo, bergan vaʼdasining ustidan chiqmagan sudya muqaddam olgan pullarini qaytarayotgan vaqtida DXX, Oliy sud va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

 

Hozirda Bosh prokuratura tomonidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddasi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Xorazmda sudya pora bilan ushlandi | Zamon.uz