O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi
Hozircha zararlar va jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Bugun, 6-iyul kuni soat 20:16 da Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida yer silkinishi kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmoprognoz monitoring respublika markazi xabar berdi.
Zilzilaning epitsentri Toshkentdan 533 km janubi-g‘arbda joylashgan bo‘lib, magnitudasi 3,7, epitsentrda sezilish kuchi 4 ball bo‘lgan.
Zilzila quyidagi hududlarda ham sezilgan:
Gazli shahri – 2 ball (36 km masofada)
Qorako‘l tumani – 2 ball (49 km)
Peshku tumani – 2 ball (52 km)
Hozircha zararlar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.







