O'zbekiston

Namanganga 4,2 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

Prezident viloyatdagi yangi loyihalar bilan tanishdi.

Namanganga 4,2 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 iyul kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi, hududlardagi ishlarning borishi va loyihalar ijrosi yuzasidan hisobot bilan tanishdi.

 

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 2 dekabrdagi qarori bilan Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yana-da yaxshilash chora-tadbirlari belgilanib, katta marra olingan edi. Jumladan, bu yil 4,2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 1 milliard dollar eksport qilish, 323 ming ish o‘rni yaratish, 55 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan.

 

Bunda eng katta zamin – kichik biznes va tadbirkorlik. Namanganda mehnatga layoqatli aholini 82 foizi shu sohada ro‘zg‘or tebratayapti.

 

Yil boshidan beri viloyatga qariyb 1 milliard 600 million dollar investitsiya kiritilgan. Lekin buning katta qismi Namangan shahri va markaziy tumanlarga to‘g‘ri kelib, Mingbuloq, Norin, Uychi va Chortoqda ham sarmoyalarni ko‘paytirish kerak. Eksportda ham mahsulotlar turini kengaytirish va chekka tumanlar salohiyatini oshirish zarur.

 

Viloyatda qishloq xo‘jaligida ham mo‘l hosil yetishtirilmoqda. Birgina Yangiqo‘rg‘onda gektaridan daromad 20 ming dollardan yuqori.

 

Shu kabi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish uchun Prezidentimiz tashabbusi bilan hududlar maʼmuriy va iqtisodiy jihatdan isloh qilinmoqda. Namangan viloyatida ham mutaxassislar, ilg‘or tadbirkorlar va xorijiy ekspertlardan iborat “Islohotlar shtabi” ish boshladi. Ular birgalikda izlangani uchun yana 1 milliard dollarlik loyihalar shakllandi.

 

Yig‘ilishda mutasaddilar ana shu yangi imkoniyatlarni taqdimot qildi. Qayd etilganidek, ularning natijasida jami 12 ming ish o‘rni, byudjetga qo‘shimcha 200 milliard so‘m tushum, 160 million dollar eksport manbai paydo bo‘ladi.

 

Masalan, Norin tumanida aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish, Mingbuloqda o‘rdakchilikni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Ular oziq-ovqat mahsulotlari mo‘lligini taʼminlashi va ko‘plab ish o‘rinlari yaratishi bilan ahamiyatli. Davlatimiz rahbari bu tajribani boshqa hududlarda ham tatbiq etish zarurligini taʼkidladi.

 

Bugungi kunda viloyatda 55 ming ishsiz aholi, 44 ming kambag‘al oila bor. Ularni kasbga yo‘naltirib, ish topishiga ko‘maklashish, o‘z uyida daromad manbai yaratish vazifasi qo‘yildi. Ijtimoiy muhitni mustahkamlash, mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"