O'zbekiston

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Ularda rekonstruksiya ishlari sifatsiz holda amalga oshirilayotgani aniqlangan.

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Samarqand viloyati Urgut tumani hududidagi qator ijtimoiy soha obyektlarida qurilish meʼyorlariga rioya qilinmasligi, texnika xavfsizligi talablarining buzilishi kabi holatlar aniqlandi. Bu haqida viloyat hududiy Qurilish va uy-joy kommunal nazorat inspeksiyasi xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, tumanning “Do‘stlik” mahallasidagi 142-sonli maktabni rekonstruksiya qilish jarayonida xususiy korxona tomonidan olib borilayotgan qurilishda binoning ikkinchi qavatida terilayotgan g‘ishtlarning vertikal va gorizontal choklari qorishma bilan to‘liq to‘ldirilmagani, loyiha bo‘yicha ko‘zda tutilgan SG-1 setkalar umuman qo‘yilmagani aniqlangan. Bundan tashqari, obyektga olib kelingan qurilish materiallarini saqlash uchun maxsus omborxonalar tashkil qilinmagan. Kamchiliklar bo‘yicha demontaj ishlari amalga oshirilgan. 

 

Shuningdek, “Terak” mahallasida joylashgan 73-sonli maktabni rekonstruksiya qilish ishlarini olib borayotgan MCHJ tomonidan ham o‘xshash kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, g‘ishtlar orasidagi choklar sifatsiz to‘ldirilgan, SG-1 setkalar o‘rnatilmagan, shuningdek, qurilish maydonida yuritilishi lozim bo‘lgan ijro hujjatlari to‘liq yuritilmagan. Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan Inspeksiya tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, sifatsiz ishlar buzdirilgan.

 

“Mo‘minobod” mahallasidagi 92-sonli maktabda esa obyektga olib kelingan qurilish materiallari ochiq holda saqlanmoqda, maxsus omborlarxonalar tashkil qilinmagan. Shuningdek, binoning baʼzi joylarida bajarilgan temir-beton o‘zaklar, yaʼni serdechniklar loyiha talablari asosida bajarilmagan, obyekt hududi qurilish chiqindilaridan tozalanmagan.

 

“Yuqoridagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha inspeksiya tomonidan masʼullarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi”, deyiladi xabarda.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"