Qashqadaryoda cho‘milishga borgan 61 yoshli ayollar cho‘kib ketdi
Bosh prokuratura Matbuot xizmati zamon.uz‘ga hodisa tafsilotlarini maʼlum qildi.

Qashqadaryoda cho‘milishga borgan ayollar cho‘kib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda zamon.uz‘ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, 2025 yil 7 iyul kuni Koson tumanida yashovchi ikki nafar 61 yoshli ayol Shahrisabz tumani “Miraki” MFYda “Oqdaryo” daryosining o‘ng qirg‘og‘iga cho‘milish maqsadida tushib, oqib ketishi natijasida vafot etgan.
Hodisa joyi tezkor-tergov guruhi aʼzolari tomonidan ko‘zdan kechirilib, protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Ekspertlarning tashxisiga ko‘ra, fuqarorlarning o‘limiga nafas yo‘llarini suyuqlik bilan berkilishi natijasida mexanik asfeksiyadan vujudga kelganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari davom ettirilmoqda.







