O'zbekiston

22 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

22 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Denov tumani hududida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

 

Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan – Denov tumanida yashovchi, 1987-y.t., muqaddam sudlangan shaxsning yonida 9 kg “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyo dalil sifatida olindi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu giyohvandlik vositasi kelgusida sotish maqsadida tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan yetkazib berilganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Bu yo‘nalishda Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari hamkorligida Farg‘ona viloyatida ham tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Jumladan, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1994 va 1988-yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro ketayotgan avtotransport vositasi shahar hududida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib tekshirildi, ularning yonida 5 kg 862 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

 

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, ulardan ushbu giyohvandlik vositasini har bir kg.ni 89 mln. so‘mdan kelishgan holda sotib olmoqchi bo‘lgan vaqtida – Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi, 1997-y.t. fuqaro ham qo‘lga olindi.

 

Bundan tashqari, ushbu giyohvandlik vositasini muqaddam Qirg‘iz Respublikasining Botken viloyati Qadamjoy tumanida narkosavdogardan olib, mamlakatimizga kontrabanda yo‘li bilan keltirgan jinoyiy guruh yetakchisi - So‘x tumanida yashovchi, 1987-y.t. shaxs ham protsessual tartibda ushlanadi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida yashovchi, 1992-y.t., muqaddam sudlangan shaxs 3 kg 950 gr “gashish” moddasi xaridorga 38 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlandi.

 

Shuningdek, u bilan birga kelgan, jinoyiy sherigi – Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi, 2000-y.t. fuqaro ham qo‘lga olindi.

 

Tezkor tadbir davom ettirilib, 1992-y.t. shaxsning Farg‘ona tumanidagi yashash xonadonidan muqaddam Qirg‘iz Respublikasidan keltirilgan 868 gr “gashish” moddasi ham olindi.

 

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1969-y.t. mahalliy fuqaro va uning Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 1986-y.t. jinoyiy sherigi o‘zaro kelishgan holda, Tojikiston Respublikasidan olib kelingan 1 kg 962 gr “opiy” moddasi xaridorga 200 mln so‘mga sotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmalari hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

 

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1988-y.t. hamda Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi, 1969-y.t. muqaddam sudlangan ikki nafar fuqaro Tojikiston Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan 943 gr “opiy” moddasi sotmoqchi bo‘lgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ashyo dalillar bilan ushlandi.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 22 kg 585 gr giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

22 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi | Zamon.uz