O'zbekiston

Angrenda 14 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zo'rlandi

Holat Bolalar ombudsmani va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan alohida nazoratga olindi.

Angrenda 14 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zo'rlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahrida voyaga yetmagan 14 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zo'rlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu vaziyat jamoatchilik tomonidan keskin tanqidlarga sabab bo'ldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi. Holat yuzasidan 2025-yil 9-may kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayonlari ustidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

 

Mazkur holat Bolalar ombudsmani va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan alohida nazoratga olingan. Mutasaddi tashkilotlar yaqindan hamkorlikda ish olib borib, jabrlanuvchining huquqiy manfaatlari himoyalanishini ta’minlashmoqda. Ombudsman o‘z vakolati doirasida tergovga oid barcha jarayonlarni monitoring qilib bormoqda.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan bolaning xavfsizligi va ruhiy holatini tiklash bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Jabrlanuvchiga psixologik yordam, ijtimoiy maslahatlar va tibbiy yo‘naltirishlar berilgan. Mutaxassislar bola va uning yaqinlari bilan tizimli ravishda ishlamoqda.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda jabrlanuvchi qizga bronxopnevmaniya va anemiya tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, u shifoxonada davolanmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborotlar berilishi rejalashtirilgan. Davlat idoralari bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida barcha chora-tadbirlarni ko‘rishda davom etmoqda.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"