O'zbekiston

Namanganda ikki voyaga yetmagan bola cho‘kib ketdi

Halok bo‘lgan bolalardan birining jasadi ikki kundan keyin topilgan, ikkinchi bolani qidirish ishlari esa besh kundan beri davom etmoqda.

Namanganda ikki voyaga yetmagan bola cho‘kib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Namanganda ikki nafar maktab o‘quvchisi Shimoliy Farg‘ona kanaliga cho‘milish uchun kelib, cho‘kib ketgan. Ushbu hodisada bolalardan biri halok bo‘lib, jasadi ikki kundan keyin topilgan, ikkinchisini esa qidirish ishlari besh kundan beri davom etayotgani aytilgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil 23-iyul kuni soat 13:48 da 112–yagona dispetcherlik xizmatiga Namangan tumani Mirishkor mahallasida yashovchi, 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan o‘smir suvda cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng zudlik bilan suv usti va suv osti qidiruv ishlari boshlangan.

 

Hozirda Namangan, Chust va Pop tumanlarining Favqulodda vaziyatlar bo‘limlariga qarashli yong‘in-qutqaruvchilar hamda boshqarma tarkibidagi g‘avvoslar tomonidan kanalning suv osti va suv yuzasida izlash ishlari olib borilmoqda. Qidiruv ishlari uzluksiz davom ettirilayotgani bildirildi.

 

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu fojiali hodisa bo‘yicha to‘liq rasmiy tafsilotlar e’lon qilinadi. Shu bilan birga, FVB aholiga suv havzalarida ehtiyotkorlik choralariga qat’iy rioya qilishni tavsiya qilmoqda.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"