O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda bir oiladan uch kishi cho‘kib ketgani aytilmoqda

Qidiruv ishlari davomida ikki jasad topilgan.

Qoraqalpog‘istonda bir oiladan uch kishi cho‘kib ketgani aytilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Elliqqalʼa tumanida joylashgan Akchakul suv havzasida fojiali hodisa yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir oiladan uch nafar fuqaro cho‘kib ketgan. Bu haqda Kar24.uz xabar bergan.

 

Favqulodda holatlar xizmatiga kelib tushgan xabarga asosan, hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan. Natijada hozirgacha ikki kishining jasadi topilgan, uchinchi shaxsni izlash ishlari esa davom etmoqda.

 

Cho‘kib ketgan fuqarolar Beruniy tumanida yashaganligi ma’lum qilindi. Hodisaning sabablari va boshqa tafsilotlari hozirda maxsus komissiya tomonidan o‘rganilmoqda.

 

Mutasaddilar aholiga suv havzalarida ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishni eslatib o‘tmoqda. Suvda cho‘kish bilan bog‘liq hodisalar yoz oylarida keskin ortadi, bu esa xavfsizlikka e’tiborni kuchaytirishni talab qiladi.

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident dunyoda 645 milliondan ortiq odam ochlikdan aziyat chekayotganini taʼkidlab, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.

“O‘g‘lim meni tanimay qolmasmikin?”: “Real Sanjik” sudda so‘nggi so‘zini aytdi

“O‘g‘lim meni tanimay qolmasmikin?”: “Real Sanjik” sudda so‘nggi so‘zini aytdi

Sanjar Karimov qamoqda umrini o‘tkazish og‘ir ekanini taʼkidladi va suddan yana ota va o‘g‘il bo‘lish imkoniyatini so‘radi.

TDTU talabalari nega yotoqxonadan chiqarib yuborildi?

TDTU talabalari nega yotoqxonadan chiqarib yuborildi?

Oliy taʼlim vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.

Sharʼiy nikohdan keyingi zo‘ravonlik: Olmazorda voyaga yetmagan qiz himoyaga olindi

Sharʼiy nikohdan keyingi zo‘ravonlik: Olmazorda voyaga yetmagan qiz himoyaga olindi

Erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilib, unga tan jarohati yetkazgan.

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.