O'zbekiston

Gepatit har 30 soniyada bir kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda

Virusni yuqtirgan insonlarning aksariyati o‘z xastaligidan bexabar.

Gepatit har 30 soniyada bir kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda

Kecha dunyo bo‘ylab Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu kasallikni bartaraf etish va asoratlarini kamaytirishga doir bayonot bilan chiqdi.

 

“Har 30 soniyada sayyoramiz bo‘yicha bir bemor og‘ir jigar xastaligi yoki virusli gepatit tufayli kelib chiqadigan saratondan vafot etadi. Shunga qaramay, bizda bu epidemiyani to‘xtatish uchun barcha vosita hamda imkoniyatlar mavjud", — deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus.

 

Qayd etilishicha, virusli gepatitning A, V, S, D va E turlari — o‘tkir jigar infeksiyalarining asosiy omillari. Ulardan faqat V, S va D turlari jigar yetishmovchiligi va sirrozi, jigar saratoni xavfini sezilarli darajada oshiradigan surunkali kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

Biroq virusni yuqtirgan insonlarning aksariyati o‘z xastaligidan bexabar. Tahlillarga ko‘ra, hozir dunyoda gepatitning V, S va D turlariga chalingan 300 million nafardan ortiq bemor bor. Har yili ulardan 1,3 million nafardan ziyodi xastalik oqibatida vafot etmoqda.

 

Shunga qaramay, gepatit bo‘yicha milliy harakat rejasiga ega mamlakatlar soni 2025 yilda 59 tadan 123 taga ko‘paygani ijobiy hol. Qolaversa, joriy yilda 129 ta davlat homilador ayollarda gepatit B ni tekshirish siyosatini ishlab chiqdi. Bu 2024 yilga solishtirganda 23 ta ko‘p ko‘rsatkichdir.

 

O‘z navbatida, 147 davlat (ikki yil avval 138 ta edi) yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun gepatit B ga qarshi emlashni joriy qildi.

 

Lekin hali muammolar ko‘p. Masalan, 2024 yilda gepatitning B turi bilan og‘rigan har sakkiz odamdan faqat bir nafariga, C turi bilan kasallanganlarning esa uchdan bir qismidan sal ko‘prog‘iga tashxis qo‘yilgan.

 

Muolajalar qamrovi borasida ahvol bundan ham yomonroq: gepatit B ga chalinganlarning atigi 3 foizi va gepatit S ni yuqtirganlarning bor-yo‘g‘i 20 foizi zarur davolanish kurslarini olgan, xolos.

 

Tabiiyki, bu raqamlar JSSTning 2025 yilga mo‘ljallangan global maqsadlarida ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlardan ancha kam. Yaʼni diagnostika bo‘yicha 60 foiz, muolaja borasida 50 foizlik natija marra sifatida belgilangan.

 

Vaholanki, bu global maqsadlar ro‘yobi 2030 yilgacha 2,8 million kishining hayotini saqlab qolishga, 9,8 million kasallanish holatlarining oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"