O'zbekiston

Rossiya, Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 80 kg narkotik ushlandi

Bu haqida DXX Zamon.uz'ga xabar qildi.

Rossiya, Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 80 kg narkotik ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Uzun tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2005 va 2006 yillarda tug‘ilgan 2 nafar mahalliy fuqaro 20 kg 374 gr “opiy” va 41 kg 668 gr “gashish” giyohvandlik vositalarini Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelgan vaqtlarida ushlandi.

 

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoyiy sherigi bo‘lgan, Uzun tumanida yashovchi, 2004 y.t. shaxs hamda ajal og‘usining buyurtmachisi hisoblangan, Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 2000 y.t. fuqaro ham protsessual tartibda ushlandi.

 

Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, Qozog‘iston Respublikasidan xalqaro o‘tkazish punkti orqali mamlakatimizga kirib kelgan Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1991 y.t. shaxsga tegishli yuklar o‘rnatilgan tartibda tekshirildi.

 

Natijada marmar quyma tosh ichiga yashirilgan 7 kg 902 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, narkokuryer moddiy manfaatdorlik evaziga ushbu giyohvandlik vositasini Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida noma’lum shaxs tomonidan telegram bot orqali ko‘rsatilgan manzildan olib, O‘zbekistondagi buyurtmachiga yetkazib berishi kerakligi aniqlandi.

 

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1985 y.t. fuqaro O‘rta Chirchiq tumanida ajal og‘usini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida afg‘onistonlik narkosavdogarlardan giyohvandlik vositalarini olib, Farg‘ona viloyatida sotish bilan shug‘ullangan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.

 

Xususan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1964 y.t. ayol va uning 1993 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan o‘g‘li qo‘lga olinib, ulardan Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan 5 kg 878 gr “opiy” va 3 kg 922 gr “gashish” moddalar ashyoiy dalil sifatida olindi.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijdan olib kelingan jami 79 kg 744 gr giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.

 

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"