O'zbekiston

Andijonda hokim o‘rinbosari, Ekologiya boshqarmasi rahbari, Namanganda MTB mudiri va bog‘cha rahbarlari pora bilan qo‘lga tushdi

DXX Zamon.uz'ga tafsilotlarni ma'lum qildi.

Andijonda hokim o‘rinbosari, Ekologiya boshqarmasi rahbari, Namanganda MTB mudiri va bog‘cha rahbarlari pora bilan qo‘lga tushdi

Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining rahbarlaridan biri hamda Jalaquduq tumani hokimi o‘rinbosari o‘zaro til biriktirib, mazkur tumandagi baliq yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikda aniqlangan 4,1 mlrd so‘mlik zarar bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritmaslik, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan zarar miqdorini 10 barobarga oshirilgan holda undirish choralarini ko‘rmaslik, tekshiruv tadbirlarini to‘xtatish bo‘yicha fermer xo‘jalik rahbari tomonidan Andijon tumanlararo ma’muriy sudiga kiritilgan da’vo arizasini qo‘llab-quvvatlash evaziga fermerga tegishli bo‘lgan Xonobod shahridagi 10 sotixli dala hovlini hokim o‘rinbosarining qarindoshi nomiga o‘tkazib berishni talab qilishadi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarining ukasi fermer xo‘jalik rahbaridan dala hovlining kadastr hujjatlarini olib, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusda ushbu ko‘chmas mulkni o‘zining turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirib olayotgan vaqtida fosh etildi.

 

Holat yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mansabdorigiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Boshqa holatda esa Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasining Andijon viloyatidagi tumanlardan birining filiali boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning ishonchiga kiradi.

 

Mazkur mansabdor shaxs tuman zahirasida bo‘lgan 17 sotix toshloq yer maydonini noturar joy sifatida uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Bu kabi qonun buzilishi Namangan viloyatida ham qayd etildi.

 

Jumladan, viloyatdagi tumanlardan birining maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri hamda ikkita xususiy bog‘cha rahbarlari o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirishgan.

 

Xususan, ular o‘zlarining mansabdor tanishlari orqali fuqaroning boshqa tumandagi davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan biriga mudira lavozimiga tayinlash evaziga 2500 AQSh dollari talab qilishgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dastlab oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalaridan birining rahbari 2500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, undan ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ikkinchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari qo‘lga olindi.

 

O‘z navbatida u 1000 AQSh dollarini tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiriga berishi kerakligi aniqlanib, mazkur mansabdor shaxs ham ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Andijonda hokim o‘rinbosari, Ekologiya boshqarmasi rahbari, Namanganda MTB mudiri va bog‘cha rahbarlari pora bilan qo‘lga tushdi | Zamon.uz