“Chelsi” bosh murabbiyi jarimaga tortildi
U aybini tan olgan hamda jazoni qabul qilgan.

Angliyaning “Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Enso Mareska “Liverpul”ga qarshi o‘yinda hissiyotga berilib, texnik hududdan chiqib ketgani uchun jazolandi. Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) murabbiyga bir o‘yinlik diskvalifikatsiya va 8 ming funt sterling jarima tayinladi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Mareska “Liverpul” ustidan 95-daqiqadagi g‘alabani nishonlagan paytda sariq kartochka olgan va maydondan chetlatilgan. U aybini tan olgan hamda jazoni qabul qilgan.
Shu bois u navbatdagi Premyer-liga o‘yini — “Nottingem Forest”ga qarshi bahsni skameyka







