Sport

Lionel Messi “Inter Mayami” bilan shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirdi

Fulbolchi 2023-yil yozidan buyon “Inter Mayami”da to‘p surmoqda.

Lionel Messi “Inter Mayami” bilan shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirdi

Lionel Messi “Inter Mayami” bilan shartnomasini 2028-yil oxirigacha uzaytirdi. Klub rasmiy saytida 38 yoshli hujumchining yangi kelishuv tafsilotlari e’lon qilindi.

 

Messi o‘z bayonotida: “Men bu yerda qolib, orzuimni haqiqatga aylantirgan loyiha ustida ishlashni davom ettirayotganimdan juda xursandman. Mayami Freedom Park stadionida o‘ynash — bu menga katta quvonch bag‘ishlaydi. Bu yerda qolayotganimdan xursandman” — deya ta’kidladi.

 

Messi 2023-yil yozidan buyon “Inter Mayami” sharafini himoya qilmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 82 o‘yinda maydonga tushib, 71 ta gol urdi va 37 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Lionel Messi “Inter Mayami” bilan shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirdi | Zamon.uz