O'zbekiston

Humans bankrot deb topilgan

Markaziy bank foydalanuvchilarning ruxsatisiz pullar yechib olingani holatiga izoh berdi.

Humans bankrot deb topilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Humans” mobil ilovasiga biriktirilgan bank kartalaridan ruxsatsiz mablag‘lar yechib olingani haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holat bo‘yicha Markaziy bank darhol choralar ko‘rib, tezkor tekshiruv jarayonlarini boshlaganini ma’lum qildi.

 

Ma’lumki, “Humans companies” AJ hamda “Octagram” AJ o‘rtasida 2025-yil 10-aprelda tuzilgan shartnoma asosida “Humans” mobil ilovasi orqali mijozlarga to‘lov va P2P pul o‘tkazmalari xizmatlari ko‘rsatilgan.

 

Shu bilan birga, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 14-oktabrdagi qarori bilan “Humans” MCHJ bankrot deb topilgan va ushbu korxonaning faoliyati 2025-yil 4-noyabr kuni tugatilgan. “Humans” MCHJning yagona muassisi — “Humans Companies” AJ hisoblanadi.

 

2025-yil 8-dekabr kuni soat taxminan 08:30 da fuqarolardan “Humans” ilovasi orqali kartalardan mablag‘lar ruxsatisiz yechib olingani haqida murojaatlar kelib tushdi. Markaziy bank holat bo‘yicha “Octagram” AJ bilan bog‘lanib, xavfsizlik talablariga rioya etilishini va ehtimoliy zaifliklarni bartaraf etish maqsadida P2P xizmatlarini darhol to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

 

9-dekabr holatiga ko‘ra, “Humans” mobil ilovasi orqali “Octagram” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan barcha to‘lov xizmatlari vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Ayni vaqtda:

 

  • Uzcard va Humo kartalari orqali to‘lov va o‘tkazmalar odatiy tartibda ishlamoqda;
  • Kartalardan boshqa bank va to‘lov tashkilotlari ilovalarida foydalanish imkoniyati saqlanib qolgan;
  • Barcha shubhali tranzaksiyalar, texnik jarayonlar va platformalar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik bo‘yicha tezkor tekshiruv ishlari davom etmoqda.

 

Natijalar yuzasidan qo‘shimcha rasmiy axborot taqdim etiladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"