Jahon

Germaniya razvedkasi Barak Obamaning telefon suhbatlarini yillar davomida tinglab kelgan - OAV

Razvedka AQSH prezidenti suhbatlarini shifrlashdagi zaiflik orqali tinglagan.

Germaniya razvedkasi Barak Obamaning telefon suhbatlarini yillar davomida tinglab kelgan - OAV

 

Germaniyaning Federal razvedka xizmati (BND) yillar davomida AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Barak Obamani (2009-2017) tinglab kelgan. Bu haqda Germaniyaning Dei Zeit gazetasi xabar qildi.

 

Nashr olib borgan tekshiruvlarga ko‘ra, Germaniya tashqi razvedkasi AQSH siyosatchisining suhbatlarini u hukumat samolyoti Air Force One bortida telefon orqali gaplashgan paytdagi suhbatlarda kuzatuv ostiga olingan. Samolyot bortida aloqani shifrlash yetarlicha himoyalanmagani sababli BND muzokaralarga tinglashga muvaffaq bo‘lgan.

 

BND AQSH prezidentining suhbatlarini tutib qolishga muvaffaq bo‘lgan, chunki insayderlar maʼlumotiga ko‘ra, samolyotdagi aloqa tizimining shifrlanishi xatolarga moyil bo‘lgan. AQSH hukumat samolyoti texniklari Obamaning telefon suhbatlari uchun o‘nlab chastotalardan foydalangan, chastotalarni Germaniya razvedkasi bilgan bu esa ularni muntazam kuzatish imkonini bergan.

 

Ommaviy axborot vositalari “birinchi raqamli bort”dagi aloqa kanallari aynan qachondan boshlab zaiflashgani nomaʼlumligini qayd etdi. Bu holat Obamadan oldingi prezident kichik Jorj Bush davrida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. 2014-yilda esa telefon suhbatlarini tinglash to‘xtatilgan. Germaniya razvedkasi AQSH davlat kotibi Hillari Klintonning telefon suhbatlarini ham eshitishi mumkinligi maʼlum bo‘lgach, Germaniya kansleri idorasi bunday amaliyotlarni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

 

“Obama prezidentligi davrida Germaniya AQSH tomonidan kuzatishga ruxsat berilgan davlatlar ro‘yxatiga kirmagan”, — deb yozadi Die Zeit.

 

Boshqacha aytganda, o‘sha paytda Germaniya kansleri lavozimini egallagan Angela Merkel, ehtimol, razvedka idorasining harakatlaridan bexabar bo‘lgan. Shu sababli Obama suhbatlarining stenogrammalari yagona nusxalarda chop etilgan, ularga faqat razvedka xizmatining saylangan rahbarlari kirish huquqiga ega bo‘lgan. Suhbat matni o‘qilganidan keyin bunday hujjatlar yo‘q qilingan.

 

Shu bilan birga, tinglash jarayonida olingan maʼlumotlar AQSH pozitsiyasiga doir tahliliy materiallarga kiritilib, kansler idorasiga yuborilgan. Voqeaning nozik tomoni shundaki, Merkelning o‘zi o‘sha davrda AQSH razvedkasini uning mobil telefoni tinglashi bilan bog‘liq mojaro tufayli tanqid qilgan. OAV kamida 2012-yildan 2014-yilgacha AQSH Milliy xavfsizlik agentligi Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya va Fransiyadagi yetakchi siyosatchilar va yuqori martabali amaldorlar, jumladan, Germaniya kansleri ortidan josuslik qilgani haqida yozgan. Baʼzi maʼlumotlarga ko‘ra, bu suhbatlarni tinglashda Daniya maxsus xizmatlari yordam bergan.

 

Janjal fonida Merkel “do‘stlarni kuzatishni qabul qilib bo‘lmaydi”, degan mashhur bayonot bilan chiqqan. U, shuningdek, davlatlar “kuzatuv vasvasasi ostida qulab tushishi mumkinligi”ni taʼkidlab, sodir bo‘lgan voqealar bilan GDR davrida “Shtazi” maxfiy politsiyasi olib borgan kuzatuvlar o‘rtasida o‘xshashliklar mavjudligini qayd etgan, deya eslatadi Die Zeit.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Germaniya razvedkasi Barak Obamaning telefon suhbatlarini yillar davomida tinglab kelgan - OAV | Zamon.uz