O'zbekiston

Ozarbayjon Rossiyaga norozilik notasini topshirdi

Konstantin Zatulinning Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi bergan bayonoti qatʼiyan qoralandi.

Ozarbayjon Rossiyaga norozilik notasini topshirdi

2026 yil 6 fevral kuni Rossiyaning Ozarbayjondagi elchisi Mixail Yevdokimov Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda Trend agentligi Ozarbayjon TIV maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Norozilik notasining topshirilishi Davlat Dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, "Yagona Rossiya" partiyasi aʼzosi Konstantin Zatulinning 5 fevral kuni Ozarbayjondagi arman fuqarolariga nisbatan hukm chiqarilishi yuzasidan bildirgan bayonoti bilan bog‘liq.

 

Ozarbayjon TIV bayonotida aytilishicha, K. Zatulin uzoq vaqtdan beri Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi chiqib, separatizmni ochiqchasiga qo‘llab kelgan, shuningdek, Armanistonning Ozarbayjon hududiga qarshi harbiy tajovuzi natijasida sodir bo‘lgan urush jinoyatlarida aybdor deb topilgan shaxslar yuzasidan sud qarorlarini buzib ko‘rsatishga uringan. Bunday harakatlar qatʼiyan qoralangan.

 

Uchrashuv davomida Rossiya tomoniga mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni, shuningdek, Ozarbayjon va Rossiya munosabatlariga zarar yetkazishga urinayotgan shaxslar faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish tavsiya qilindi.

 

Shuningdek, Ozarbayjon sudining tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ning sobiq prezidentiga va uning safdoshlari umrbod qamoq jazosi hukm qilgani ham xabarda taʼkidlandi.

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

Imtiyozli savdo bitimini imzolash, o‘zaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkazish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

O‘zbekistonda 2026 yilning 9 oyida taʼlim xizmatlari hajmi 34,8 trillion so‘mga yetdi.

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ham ma’muriy chora ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi.

Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q

Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q

Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.

O'zbekistonda mol go‘shti importi 17,7 foizga oshdi: asosiy yetkazib beruvchi qaysi davlat?

O'zbekistonda mol go‘shti importi 17,7 foizga oshdi: asosiy yetkazib beruvchi qaysi davlat?

2026-yilning 9 oyida 12 ta davlatdan 132 ming tonna mol go‘shti import qilgan.

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Yo‘l haqini to‘lamaganlardan yil boshidan buyon 3,66 mlrd so‘mdan ortiq jarima undirilgan.

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Gumonlanuvchilar internet-narkodo‘konda olti oydan buyon faoliyat yuritib kelgan.

O‘zbekistonda 12 yillik ta’limga o‘tish: qonun loyihasi Senatga yuborildi

O‘zbekistonda 12 yillik ta’limga o‘tish: qonun loyihasi Senatga yuborildi

Bir yillik maktabga tayyorlov majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida belgilanishi mumkin.