Jahon

“Davlat xavfsizlik xizmatining obro‘si sobiq SSSR KGBʼsi bilan bir xil bo‘lishi kerak”- Sadir Japarov

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasida islohotlar kutilmoqda. Japarovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda yangi Tergov qo‘mitasi tuziladi. Organ prezidentga bo‘ysunadi. “Qo‘mita vazir qo‘zg‘atgan xom ishlarni qabul qilmaydi, adolatsizlikka duch kelayotgan fuqarolarimiz qamoqqa tashlanmaydi”, - dedi Japarov Kabar‘ga bergan intervyusida.

“Davlat xavfsizlik xizmatining obro‘si sobiq SSSR KGBʼsi bilan bir xil bo‘lishi kerak”- Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida xavfsizlik kuchlarini isloh qilish uchun qator o‘zgarishlar tayyorlanayotganini aytdi. “Kabar” direktori Mederbek Shermetaliyev dastlab, prezidentdan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining mavqeyi haqida so‘radi. Jurnaslitning aytishicha, oxirgi paytlarda maxsus xizmat ko‘p tanqid qilingan. Xodimlar xizmat guvohnomalarini hamma joyda olib yurishlari va chekist nomiga dog‘ tushirishlari haqida gaplar tarqalgan. Japarov savolga javoban bulardan xabardorligini maʼlum qildi.

 

“Albatta, menda maʼlumot bor. Men bu haqda do‘stimni bir necha bor ogohlantirganman. “Do‘stim, Davlat xavfsizlik xizmatining obro‘sini oshiring. U sobiq SSSR KGBʼsi bilan bir xil obro‘ga ega bo‘lishi kerak. Aks holda, odamlar “mahbuslar”ga o‘zlarining shaxsiy guvohnomalarini ko‘rsatib, ularni “Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari” deb atash holatlari uchrab turibdi. Keling, bunday tanqidlardan xalos bo‘laylik”, deb ko‘p marta aytganman”.

 

Shuningdek, Shermetaliyev Japarovga qo‘mitaning ayrim xodimlari hibsga olinayotgani, maxsus xizmatning istiqboli haqida savollar bilan yuzlandi. 

 

Shermetaliyev:

-  Davlat xavfsizlik qo‘mitasining ayrim xodimlari qonunni buzganlik va jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib hibsga olinayotganini ko‘rmoqdamiz. Bu ularga juda katta vakolatlar berilgani uchun emasmi? Axir, biz maxsus xizmatlar deyarli barcha sohalarda, masalan, qurilish, go‘sht narxlari va hatto intim xizmatlar ko‘rsatuvchi sohalarda qonunbuzarliklarga qarshi kurashganini ko‘rdik-ku?

 

Japarov:

-  Aynan ular “intim xizmat ko‘rsatganlarga qarshi kurash” haqidagi videoni eʼlon qilgan kuni ularga qo‘ng‘iroq qilib: “do‘stim, bu sohani Ichki ishlar vazirligiga bering, bu ularning ishi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi darajasini tushirmang”, dedim. Korrupsiyaga aloqador xodimlarga kelsak, hozirda tergov ishlari olib borilmoqda. Ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish mumkin emas.

 

Shermetaliyev:

-  Yaqinda Davlat xavfsizlik qo‘mitasi tarkibidagi Chegara xizmati va Xavfsizlik xizmatini ulardan ajratib qo‘ydingiz. Davlat xavfsizlik qo‘mitasining bo‘lajak islohoti haqida batafsilroq gapirib bering. U qaysi sohalarda ishlaydi? Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash vazifasi saqlanib qoladimi yoki boshqa organga o‘tkaziladimi?

 

Japarov:

-  Xavfsizlik kuchlarida katta islohot yaqinlashmoqda. Men bu islohotni ancha oldin boshlashni rejalashtirgan edim. Biroq, u turli sabablarga ko‘ra qoldirildi. Davlat xavfsizlik qo‘mitasi o‘z faoliyati bilan shug‘ullanadi: razvedka, kontrrazvedka, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, terrorizm, ekstremizm, banditizm, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish va boshqa faoliyat turlari. Ular bu sohalarda tergov vakolatlarini saqlab qoladi. Lekin iqtisodiyotga aralashmaydi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi nima bilan shug‘ullanayotganini yoki uning xodimlari kimligini hech kim bilmasligi kerak. Islohotdan so‘ng, sobiq KGB kabi haqiqiy maxsus xizmat bo‘ladi.

 

Ichki ishlar vazirligi ham faqat ularga bevosita tegishli vazifalar bilan shug‘ullanmoqda. Vazirlik o‘z sohasiga oid tergov huquqlarini saqlab qoladi. Albatta, ro‘yxat tuziladi va kimga qaysi huquqlar berilishi qonun bilan tasdiqlanadi.

 

Yangi Tergov qo‘mitasi tuziladi. Barcha tergov ishlari ularga o‘tkaziladi. Bosh prokuratura va Harbiy prokuratura barchaga nisbatan sud jarayoni qo‘zg‘atilayotganini kuzatib boradi.

 

Suhbat davomida Sadir Japarov nima uchun Tergov qo‘mitasi tuzilayotgani haqidagi savolga ham javob berdi. Davlat rahbarinig so‘zlariga ko‘ra, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida ham, Ichki ishlar vazirligida ham tezkor-qidiruv faoliyati va tergovchilar bor.

 

“Hamma narsani bitta vazir nazorat qiladi. Masalan, "tezkor xodim" ishlayapti va ish adolatsiz, masalan, kimdir “bahona” bilan hibsga olinmoqda.

 

Ish tergovchiga topshirilganda, tergovchi uni qabul qilishdan bosh tortadi va "bu ish sudda ko‘rib chiqilmaydi" deb aytadi. Keyin vazir tergovchiga qo‘ng‘iroq qilib, "uni qabul qilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni" buyuradi. Tergovchining jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan boshqa chorasi qolmaydi.

 

Demak, hozirda adolatsiz bo‘lib yotgan faktlar yo‘q emas. Tergov qo‘mitasi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentga bo‘ysunadi. U “tezkor” va vazir tomonidan qo‘zg‘atilgan xom ishlarni qabul qilmaydi va ish qo‘zg‘atmaydi.

 

Albatta, adolatsizlikka duch kelayotgan fuqarolarimiz qamoqqa tashlanmaydi. Ular darhol ozod qilinadi. Faqat biz buni amalga oshirganimizdagina inson huquqlari 100 foiz bo‘lmasa ham, 95 foiz saqlanib qoladi. Kelajak avlodlar uchun xavfsizlik taʼminlanadi.

 

Iqtisodiy masalalarda ham xuddi shunday. Agar siz chindan ham jinoyat sodir etsangiz, qamoqqa tashlanasiz, agar sizga tuhmat qilinsa, qo‘yib yuborilasiz. Ikki organ bir-biriga bo‘ysunmaydi va o‘rtada to‘g‘ri qarorlar qabul qilinadi.

 

Bu kelajakda qilinadigan ishlar. Biz binolar va texnik bazalarni tayyorlaymiz. Farmon chiqariladi, tegishli qonunlar Jogorku Keneshga taqdim etiladi va keyin ular muhokama qilinib, qabul qilingandan so‘ng tashkiliy ishlar boshlanadi”, - deydi Qirg‘iston prezidenti.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, shu yili mamlakat SHHT sammiti va Ko‘chmanchilar o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Shu munosabat bilan, bu islohot kelgusi yilda amalga oshiriladi.

 

custom img

Janubiy Koreya Prezidenti va Isroil o‘rtasida diplomatik nizo yuzaga keldi

Janubiy Koreya prezidenti falastinlik bola isroillik askarlar tomonidan qiynoqqa solinib, tomdan tashlangani aks etgan videoni ulashib, Isroilni insoniylikka zid harakatlarda aybladi.

custom img

Rossiyada Telegram to‘liq bloklandi

So‘nggi 24 soat ichida Telegramdagi nosozliklar yuzasidan foydalanuvchilardan 2,6 mingta shikoyat kelib tushgan.

custom img

NASA'ning “Artemis II” missiyasi astronavtlari Yerga muvaffaqiyatli qo‘ndi

Qo‘nish jarayonida tashqi harorat 2 760 darajagacha ko‘tarilib, bu qisqa muddatli aloqa uzilishiga sabab bo‘lgan.

custom img

Eron delegatsiyasi AQSh bilan muzokara o‘tkazish uchun Islomobodga yetib keldi

Shuningdek, AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens ham Pokistonga jo‘nab ketgan.

custom img

Erondagi urush ocharchilik xavfini 360 milliondan oshirishi mumkin

Mamlakatdagi harbiy mojaro dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini chuqurlashtirmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozida 3200 kema xavfsiz o‘tishni kutmoqda

Muqobil yo‘nalishlarga o‘tish logistika xarajatlari va yetkazib berish vaqtini oshirmoqda.

custom img

Nazarboyevning qizlari Qozog'istonning eng boy ayollari ro'yxatida yetakchisi — Forbes reytingi

Reytingda birinchi o‘rinni 5,4 milliard dollar bilan Dinara Kulibayeva egallagan.

custom img

OpenAI va ChatGPT AQShdagi otishma ishi bo‘yicha sudga tortilishi mumkin

Otishmada halok bo‘lgan talabadan birining oilasi hujumchi chatbotdan maslahat olganini da’vo qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"