Jahon

Rubio Ukrainadagi mojaro yanada kuchayishi mumkinligidan ogohlantirdi

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni Ikkinchi jahon urushidan buyon davom etayotgan eng dahshatli mojarolardan biri deb atadi.

Rubio Ukrainadagi mojaro yanada kuchayishi mumkinligidan ogohlantirdi

 

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Ukrainadagi mojaroning yanada kuchayishi xavfi mavjudligi haqida ogohlantirdi. U bu haqda Hindistonda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

 

Rubioning ta’kidlashicha, jangovar harakatlarning uzoq davom etishi mojaroning kengayish ehtimolini oshirmoqda.

 

“Har safar u yoki bu tomondan shunday yirik zarbalarni ko‘rganingizda, bu sizga nima uchun bu Ikkinchi jahon urushidan beri davom etayotgan eng dahshatli mojarolardan biri ekanini va nima uchun uni tugatish kerakligini eslatadi”, — degan AQSh Davlat kotibi.

 

Shuningdek, u Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi mojaroni tugatish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyorligini ta’kidlagan.

 

“Qo‘shma Shtatlar ushbu mojaroni yakunlash uchun yordam berishga tayyor va umid qilamanki, bunday imkoniyat qachondir yuzaga keladi”, — deya ta'kidlagan Rubio.

 

Davlat kotibi ayni paytda Vashington va Kiyev o‘rtasida faol yoki rejalashtirilgan muzokaralar mavjud emasligini ham qayd etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xorijiy fuqarolar, diplomatik missiyalar hamda xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari xodimlariga imkon qadar tezroq Kiyevni tark etishni tavsiya qilgan edi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.