O'zbekiston

Maxsus komissiya Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari yuzasidan ogohlantirdi

Ayrim joylarda shamol 15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Maxsus komissiya Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari yuzasidan ogohlantirdi

 

Jahon meteorologiya tashkilotining Chang-qum bo‘ronlari bo‘yicha Pekin va Saudiya Arabistoni regional markazlari hamda O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi prognozlariga ko‘ra, ertaga poytaxt hududiga g‘arbiy nam havo oqimlari kirib kelishi oldidan ayrim hududlarda chang-to‘zon hodisalari yuz berishi ehtimoli mavjud.

 

Prognozlarga ko‘ra, kun davomida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol asosan g‘arbdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Ayrim hududlarda shamol tezligi 10–12 metr/sekundgacha, ba’zi joylarda esa 15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

 

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, kuchli shamol fonida ayrim hududlarda chang-to‘zonlar yuzaga kelishi hamda atmosfera havosida chang zarrachalari, xususan PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatga oshishi ehtimoli mavjud.

 

Shu bilan birga, ushbu holat qisqa muddatli xarakterga ega ekani, g‘arbiy nam havo oqimlari va yog‘ingarchilik sabab atmosfera havosi asta-sekin tozalanishi kutilayotgani ta’kidlandi.

 

Mutaxassislar shamol kuchaygan paytlarda, ayniqsa nafas yo‘llari kasalliklari, allergiya yoki yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolari mavjud fuqarolarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya etdi. Zarurat bo‘lmaganda uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lmaslik, deraza va eshiklarni yopiq saqlash hamda imkon qadar niqoblardan foydalanish maqsadga muvofiq ekani bildirildi.

 

Hozirda atmosfera havosi holati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.