Jahon

Putin Toqayev taklifiga binoan Qozog‘istonga boradi

Tashrif doirasida Rossiya prezidenti Qozog‘istonda Yevrosiyo iqtisodiy forumi va oliy kengash yig‘ilishida ishtirok etadi.

Putin Toqayev taklifiga binoan Qozog‘istonga boradi

 

Vladimir Putin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 27–29 may kunlari Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan boradi.

 

Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif davomida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati, savdo-iqtisodiy, siyosiy va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

 

Shuningdek, tashrif doirasida 28-may kuni Yevrosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. 29-may kuni esa Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

 

Ma’lum qilinishicha, Putin fevral oyida Toqayev bilan telefon orqali muloqot chog‘ida Qozog‘istonga tashrif buyurish taklifini qabul qilgan. Rossiyaning Ostonadagi elchisi Aleksey Borodavkinning ta’kidlashicha, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muntazam oliy darajadagi tashriflar an’anaviy tus olgan.

 

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida Toqayev Moskvaga tashrif buyurib, G‘alaba kuni tadbirlarida ishtirok etgan edi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.