Jahon

Oq uy amerikalik olimlarning JSST bilan aloqasini cheklamoqda

Cheklovlar dastlab hantavirus tarqalishi fonida joriy etilgan.

Oq uy amerikalik olimlarning JSST bilan aloqasini cheklamoqda

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Milliy allergiya va yuqumli kasalliklar instituti xodimlariga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bilan bevosita aloqa qilishni taqiqladi. Bu haqda CNN telekanali hujjatlar va manbalarga tayanib xabar berdi.



Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu cheklovlar dastlab hantavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat fonida joriy etilgan. Keyinchalik Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi tarqalishi sabab ayrim cheklovlar qisman yumshatilgan.



Xabarda aytilishicha, AQSh Milliy allergiya va yuqumli kasalliklar institutining ayrim xodimlariga endilikda JSSTning virtual yig‘ilishlarida faqat kichik guruhlar tarkibida va tinglovchi sifatida qatnashishga ruxsat berilgan.



CNN ma’lumotiga ko‘ra, JSST bilan bog‘liq keyingi barcha amaliy harakatlar AQSh Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.



Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat mutaxassislari hantavirusni faol o‘rganayotganini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, amerikalik olimlar ushbu virusning xususiyatlarini yaxshi biladi va u bilan uzoq yillardan beri shug‘ullanib kelmoqda.



Shuningdek, Tramp hantavirus koronavirusdan farqli ravishda odamdan odamga oson yuqmasligini ham qayd etgan.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

custom img

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri voqea joyiga tashrif buyurgan.

custom img

AQSh Eronga tankerlar flotini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSH urush vazirining so‘zlariga ko‘ra, Eronning tankerlar floti himoyasiz.

custom img

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

custom img

2023-yildan beri Isroilning Livanga hujumlarida qariyb 9 ming kishi halok bo‘ldi

2-martdan beri tez yordam brigadalariga 179 dan ortiq hujum qayd etilgan, ularda 135 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"