Jahon

Rossiya TIV xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

shuningdek, Ukraina poytaxti aholisi harbiy va ma’muriy infratuzilma obyektlariga yaqinlashmaslikka chaqirildi.

Rossiya TIV xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xorijiy fuqarolar, diplomatik missiyalar hamda xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari xodimlariga imkon qadar tezroq Kiyevni tark etishni tavsiya qildi.



Vazirlik bayonotida, shuningdek, Ukraina poytaxti aholisi Vladimir Zelenskiy ma’muriyatining harbiy va ma’muriy infratuzilma obyektlariga yaqinlashmaslikka chaqirilgan.



Rossiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Qurolli Kuchlari Kiyevdagi Ukraina harbiy-sanoat majmuasi bilan bog‘liq obyektlarga tizimli zarbalar berishni boshlamoqda. Bayonotda NATO mutaxassislari ko‘magida foydalanilayotgan uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalash, ishlab chiqarish, dasturlash va qo‘llashga tayyorlash bilan bog‘liq obyektlar nishonga olinishi qayd etilgan.



Shuningdek, Rossiya tomoni NATO mutaxassislari dronlar uchun butlovchi qismlar yetkazib berish, razvedka ma’lumotlarini taqdim etish hamda nishonlarni belgilash bilan shug‘ullanayotganini ta’kidlagan.



“Zarbalar qarorlar qabul qilish markazlari va qo‘mondonlik punktlariga ham beriladi”, — deyiladi Rossiya TIV bayonotida.



Vazirlik ushbu obyektlar Kiyevning turli hududlarida joylashganini ma’lum qilgan.



Avvalroq Rossiya TIV Starobelskdagi teraktdan so‘ng Ukraina harbiy-sanoat majmuasi obyektlariga nisbatan tizimli zarbalar berilishi haqida ogohlantirgandi.



Eslatib o‘tamiz, Ukraina Qurolli kuchlarining LXR hududidagi Starobelsk shahrida joylashgan kollej binosiga bergan zarbasi oqibatida 21 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"