Jahon

AQSh Hormuz bo‘g‘ozida Eron obyektlariga hujum uyushtirdi

Pentagon hujumlar mudofaa xarakteriga ega bo‘lganini va sulhni buzishga qaratilmaganini bildirdi.

AQSh Hormuz bo‘g‘ozida Eron obyektlariga hujum uyushtirdi

 

AQSh harbiylari Eron janubidagi ayrim harbiy nishonlarga zarba berganini ma’lum qilindi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi vakili kapitan Tim Xokinsning bayonotiga tayanib Fox News jurnalisti Jennifer Griffin xabar berdi.



AQSh harbiylari bayonotiga ko‘ra, zarbalar “o‘zini himoya qilish” maqsadida amalga oshirilgan. Nishonlar sifatida raketa uchirish qurilmalari hamda Hormuz bo‘g‘ozida minalar joylashtirishga uringan Eron qayiqlari ko‘rsatilgan.



“Bugun AQSh kuchlari Eron kuchlarining tahdidlaridan harbiylarimizni himoya qilish maqsadida Eron janubida mudofaa xarakteridagi zarbalarni amalga oshirdi”, — deyiladi bayonotda.



Fox News ma’lumotiga ko‘ra, AQShning yuqori lavozimli rasmiysi Hormuz bo‘g‘ozida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tegishli ikkita kemaning yo‘q qilinganini bildirgan. Shuningdek, Bandar Abbos portida joylashgan yer-havo raketa tizimiga ham zarba berilgani aytilmoqda. AQSh tomoni ushbu tizim Amerika harbiy samolyotlarini nishonga olganini da’vo qilgan.



AQSh vakillari hujumlar sulhni buzishga qaratilmaganini ta’kidlab, Vashington Eron bilan amaldagi sulh doirasida “vazminlik siyosatini” davom ettirayotganini bildirgan.



Jennifer Griffinning yozishicha, AQSh zarbalari yakunlangan va ular hujumkor emas, balki mudofaa maqsadida amalga oshirilgan.



Eronning Tasnim axborot agentligi esa Bandar Abbos hududida kamida uchta portlash ovozi eshitilganini ma’lum qilgan.



Eslatib o‘tamiz, AQSh va Eron o‘rtasida aprel oyida sulh e’lon qilingan edi. Keyinchalik AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu sulh muddatini noma’lum vaqtga uzaytirganini bildirgan. Shunga qaramay, may oyida Hormuz bo‘g‘ozi hududida ikki tomon o‘rtasida yana harbiy to‘qnashuvlar yuz bergan edi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"