O'zbekiston

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini minalashtirishni boshladi — CNN

AQSh harbiylari Eronning mina o‘rnatuvchi 16 ta kemasini yo‘q qilganini ma’lum qildi.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini minalashtirishni boshladi — CNN

Eron dunyodagi barcha xom neftning beshdan bir qismi o‘tadigan eng muhim energetika yo‘lagi — Ho‘rmuz bo‘g‘ozini minalashtirishni boshladi. Bu haqda AQSH razvedkasi ma’lumotlaridan xabardor manbalarga tayanib, CNN ma’lum qildi.

Manbalar minalashtirish ishlari hali keng ko‘lamli emasligini, so‘nggi kunlarda bir necha o‘nlab minalar o‘rnatilganini bildirdi. Biroq Eron mina qo‘yishga mo‘ljallangan kichik kemalarining 80–90 foizini saqlab qolgani sababli bo‘g‘ozga yuzlab minalar o‘rnatishi mumkin.

Hozirda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va dengiz kuchlari bo‘g‘ozni nazorat qilmoqda. Ular mina tashuvchi kichik kemalar, portlovchi modda ortilgan qayiqlar va qirg‘oqdan uchiriladigan raketa tizimlari orqali murakkab hujum tizimini yaratish imkoniyatiga ega.

Mazkur ma’lumotlarga Tramp munosabat bildirib bo‘g‘ozga bir dona mina qo‘yilgan bo‘lsa ham uni olib tashlanishini talab qildi.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti minalar qo‘yilgan bo‘lsa-yu, olib tashlanmasa, Eron “ilgari hech qachon ko‘rilmagan” oqibatlar bilan ro‘baro‘ bo‘lishini aytdi. Shundan so‘ng AQSH mudofaa vaziri Pit Hegset Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi harakatsiz mina qo‘yuvchi kemalar nishonga olinayotganini aytdi.

“Biz terroristlarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini garovga olishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — deya qo‘shimcha qilgan Hegset.

Shu bilan birga, AQSH Markaziy qo‘mondonligi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida Eronning bir nechta harbiy kemalarini, jumladan, mina o‘rnatuvchi 16 ta kemasini yo‘q qilganini e’lon qildi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi avvalroq bo‘g‘ozdan o‘tayotgan har qanday kema hujumga uchrashidan ogohlantirgan. Urush boshlanganidan beri bo‘g‘oz kemalar harakatlanishi uchun amalda yopib qo‘yilgan.

“Ho'rmuz bo‘g‘ozi xavfsiz bo‘lib qoladi. U yerda harbiy-dengiz kuchlarimizning kemalari ko‘p. Biz minalarni tekshiradigan dunyodagi eng yaxshi uskunalarga egamiz”, degan edi Tramp 9-mart kungi matbuot anjumanida.

CNN xabariga ko‘ra, hozirda Fors ko‘rfazida har kuni qazib olinadigan salkam 15 million barrel xom neft va yana 4,5 million barrel yonilg‘i qolib ketgan. Iroq va Kuvayt kabi neft ishlab chiqaruvchi davlatlar uchun mahsulotni eksport qilishda Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan boshqa muqobil yo‘l yo‘q. 

Yirik iqtisodiyotga ega G7 davlatlari tanqislikni qoplash uchun zaxiralardan ko‘proq neft chiqarishi mumkinligiga ishora qildi.

Suv yo‘li orqali neft tashish imkoniyati borasidagi noaniqlik xom neft bozorida keskin tebranishlarga sabab bo‘lmoqda. Bir barrel neft narxi ketma-ket sakrashlar natijasida 90 dollardan yuqori va 80 dollardan past ko‘rsatkichlar orasida o‘ynab turdi.

Xalqaro energetika agentligi esa Yaqin Sharq mojarosi fonida bozorni barqarorlashtirish uchun zaxiralardan eng katta miqdorda neftni bo‘shatishni taklif qildi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini minalashtirishni boshladi — CNN | Zamon.uz