O'zbekiston

Samarqandda bolani urgan xususiy bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi

Hozirda ushbu voqea bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘shimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqandda bolani urgan xususiy bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi

 

Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachining bolaga nisbatan qo‘l ko‘targani aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan rasmiy o‘rganish ishlari olib borildi.

 

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qilishicha, voqea “Madina Ko‘zmunchoq” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan. Mazkur ta’lim tashkiloti 2019-yil avgust oyidan buyon litsenziya asosida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Hozirgi vaqtda muassasada 6 ta guruh faoliyat yuritib, jami 147 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.

 

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, joriy yilning 20-aprel kuni o‘rta guruh tarbiyachisi M.D. tomonidan tarbiyalanuvchiga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik sodir etilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan 2026-yil 23-aprel kuni tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida tarbiyachi M.D. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

Hozirda ushbu voqea bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘shimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"