O'zbekiston

Suv tejaydigan sug‘orish tizimlari uchun 50 foizgacha subsidiya ajratiladi

Mazkur subsidiya mahsulot va texnologiya turidan qat’i nazar har bir kontur uchun faqat bir marta beriladi.

Suv tejaydigan sug‘orish tizimlari uchun 50 foizgacha subsidiya ajratiladi

 

Hukumatning 2026-yil 28-apreldagi 206-son qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Unga muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar uchun davlat byudjetidan subsidiya ajratiladi. Mazkur subsidiya har bir kontur uchun faqat bir marotaba, mahsulot turi va texnologiya turidan qat’i nazar taqdim etiladi.

 

Subsidiya olish uchun talabgorlar o‘zlariga tegishli ekin yer maydonlari haqidagi ma’lumotlarni konturlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari kesimida belgilangan tartibda Agroportal tizimiga kiritishi lozim. Shundan so‘ng, ariza elektron shaklda mazkur tizim orqali yuboriladi.

 

Arizaga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha “Tomchi-reestr”ga kiritilgan pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi, loyiha hujjatlari hamda ishlar yakunlanganini tasdiqlovchi dalolatnoma, shuningdek amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha kontur ma’lumotlari (hududi va joylashuvi aniq ko‘rsatilgan holda) ilova qilinadi.

 

Shuningdek, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘z mablag‘i hisobidan joriy etgan talabgorlarga subsidiya miqdorining 50 foizi oldindan to‘lab berilishi belgilangan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.