O'zbekiston

2026-yil uchun eng baxtli mamlakatlar reytingi e’lon qilindi

Jahon baxt hisobotida O‘zbekiston 6,283 ball bilan 53-o‘rinda qayd etildi.

2026-yil uchun eng baxtli mamlakatlar reytingi e’lon qilindi

20-mart — Xalqaro baxt kuni arafasida 2026-yilgi Jahon baxt hisoboti e’lon qilindi. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston global reytingda 53-o‘rinni egalladi.

 

Mutaxassislar mamlakat aholisi hayotdan qoniqish darajasini 10 balldan 6,283 ball bilan baholagan. Hisobot har yili e’lon qilinadi hamda u Oksford universitetining farovonlikni o‘rganish markazi tomonidan Gallup va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda tayyorlanadi.

 

Tadqiqot metodologiyasi 140 ta mamlakat va hududda o‘tkazilgan, qariyb 100 ming nafar respondent ishtirok etgan so‘rovnoma natijalariga asoslanadi.

 

Ishtirokchilar o‘z hayotini Cantril Ladder shkalasi orqali baholaydi, unda 10 ball eng yaxshi hayot, 0 ball esa eng yomon holatni anglatadi. Reyting tuzishda shuningdek aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM, shaxsiy erkinlik darajasi, korrupsiya haqidagi tasavvurlar va umr ko‘rish davomiyligi kabi omillar ham inobatga olinadi.

 

MDH davlatlari orasida yetakchi o‘rinni Qozogʻiston egallab, 33-o‘ringa ko‘tarilgan. Mintaqadagi boshqa davlatlar quyidagicha joylashdi: Qirgʻiziston – 66-o‘rin, Moldova – 77-o‘rin, Rossiya – 79-o‘rin. Shuningdek, Tojikiston 88-o‘rinni, Armaniston 89-o‘rinni va Ozarbayjon 102-o‘rinni egalladi.

 

Global reytingda esa Finlyandiya ketma-ket to‘qqizinchi yil dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi. Kuchli beshlikdan shuningdek Islandiya, Daniya, Kosta-Rika va Shvetsiya joy oldi.

 

Top-10 talikka yana Norvegiya, Niderlandiya, Isroil, Lyuksemburg hamda Shveytsariya kirdi.

 

Reytingning eng quyi pog‘onasida esa Afgʻoniston joylashdi.

 

Shuningdek Botsvana, Zimbabve, Malavi va Syerra-Leone ham eng past o‘rinlarni egalladi.

 

Hisobotda yoshlar farovonligiga raqamli texnologiyalar ta’siri ham alohida tahlil qilindi. Tadqiqotchilarga ko‘ra, internetdan o‘qish, muloqot va ijod uchun foydalanish hayotdan qoniqish darajasini oshirishi mumkin. Biroq ijtimoiy tarmoqlarni yoki o‘yinlarni maqsadsiz ko‘rish aksincha farovonlik hissining pasayishiga olib kelishi ehtimoli yuqori.

 

Umumiy xulosalarga ko‘ra, ijobiy his-tuyg‘ular global miqyosda salbiy hissiyotlarga nisbatan ikki baravar ko‘p uchraydi. Shunga qaramay, ayrim hududlarda salbiy tajribalar darajasi asta-sekin ortib borayotgani qayd etilgan.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

2026-yil uchun eng baxtli mamlakatlar reytingi e’lon qilindi | Zamon.uz