O'zbekiston

Markaziy Osiyoning yangi “Albatta borib ko‘rish kerak bo‘lgan” maskani: Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif narxi qancha?

Markaz keng jamoatchilik uchun ochildi va doimiy ravishda tashrif buyurish mumkin. Ish vaqti tashrif buyuruvchilarga qulay qilib har kuni soat 09:00 dan 22:00 gacha, dam olish kunlarisiz belgilangan.

Markaziy Osiyoning yangi “Albatta borib ko‘rish kerak bo‘lgan” maskani: Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif narxi qancha?

Jahon darajasidagi taassurot uchun 15 dollardan kam mablag‘ — aynan shu narx ikki nafar katta va ikki nafar boladan iborat oila uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiyaga kirish uchun yetarli bo‘ladi.

 

Toshkentdagi ushbu yangi, yirik madaniy loyihaga tashrif narxlari matbuot anjumanida e’lon qilindi. Unda Ilmiy kengash a’zolari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda fan, madaniyat va ta’lim sohasi ekspertlari ishtirok etdi.

 

Markaz keng jamoatchilik uchun ochildi va doimiy ravishda tashrif buyurish mumkin. Ish vaqti tashrif buyuruvchilarga qulay qilib belgilangan. Har kuni soat 09:00 dan 22:00 gacha, dam olish kunlarisiz. Bu esa, ayniqsa, ishdan keyin oila bilan kechqurun tashrif buyurish imkonini beradi. Bunday amaliyot O‘zbekiston muzeylari uchun ilk bor joriy etilmoqda.

 

Tashkilotchilar tashrif tizimi xalqaro muzey standartlari asosida ishlab chiqilgan, u mahalliy aholi hamda xorijiy sayyohlar uchun mo‘ljallangan. Biletlar turli toifalarga ajratilgan: O‘zbekiston fuqarolari, xorijiy mehmonlar va bolalar uchun alohida narxlar belgilangan.

 

Chipta narxiga quyidagilar kiradi:
— ko‘p tilli professional gidlar hamrohligi
— noyob eksponatlar va tarixiy artefaktlar bilan tanishish
— Markaziy Osiyoning jahon ilmi va islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi namoyishlar

 

Shuningdek, tashrifchilar Qur’on zaliga kirish imkoniga ega bo‘ladilar. U yerda bir milliondan ortiq Swarovski kristallari yordamida yaratilgan arxitekturaviy-badiiy mepping orqali nurli dinamik muhit hosil qilingan. Dasturga to‘rtta “vaqt kapsulasi” ham kiritilgan bo‘lib, ular turli tarixiy davrlarga sho‘ng‘ish imkonini beradi. Interaktiv va raqamli installyasiyalar orqali mintaqaning ilmiy va madaniy merosi namoyon etiladi.

 

Biletlar onlayn (iTicket.uz orqali) va markaz kassalarida sotiladi. Elektron biletlar QR-kod bilan ta’minlangan bo‘lib, kirish jarayonini tez va qulay qiladi.

 

Tashrif formati ham turlicha:
— 30 nafargacha guruhli ekskursiyalar
— individual tashriflar
— Fast Track (navbatsiz kirish) xizmati

 

Quyida tashrifdan oldin bilish zarur bo‘lgan asosiy ma’lumotlar keltirilgan:

Kirish narxi

1. Guruhli ekskursiyalar (O‘zbekiston fuqarolari uchun):
— Kattalar: 60 000 so‘m (2 soat)
— Bolalar (7–17 yosh): 25 000 so‘m (2 soat)
— 7 yoshgacha — bepul

 

2. Individual tashriflar:
— Kattalar: 120 000 so‘m (kun davomida)
— Bolalar: 50 000 so‘m

 

3. Xorijiy mehmonlar uchun:
— Kattalar: 25 dollar + 10 dollar qo‘shimcha xizmatlar
— Bolalar: 20 dollar (2 soat)
— Individual: 45 dollar

 

4. Fast Track (tezkor kirish):
— O‘zbekiston fuqarolari uchun: 250 000 so‘m (5 kishigacha)
— Xorijiylar uchun: 100 dollar (guruh)
— Premium: 150 dollar (individual, 3 soat)
— Bolalar: 30 dollar

 

Kechqurun soatlarida narxlar talabga qarab o‘zgarishi mumkin. Ekskursiyalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi.

 

Biletlar belgilangan vaqt oraliqlari bo‘yicha sotiladi, bu esa navbatlarni oldini olish va tashrifchilar oqimini tartibga solishga xizmat qiladi.

 

Markazda qo‘shimcha xizmatlar ham joriy etilmoqda:
— robot-gidlar
— ko‘p tilli audiogidlar
— virtual sayohat formatlari

 

Shuningdek, ijtimoiy dasturlar ishlab chiqilmoqda:
— maktab o‘quvchilari va talabalar uchun imtiyozli tashriflar
— ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlar uchun bepul dasturlar

 

Markaz kutubxonasiga kirish bepul bo‘ladi. Yoshlar uchun ta’limiy maydonlar, seminarlar, treninglar va tanlovlar tashkil etiladi. Yosh tadqiqotchilar uchun maxsus dasturlar va kovorking zonalar ham yaratiladi.

Qonunchilikka muvofiq quyidagi toifalar uchun imtiyozlar mavjud:
— I va II guruh nogironlari
— nogiron bolalar va ularning hamrohlari
— “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari
— Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari

 

Qoidalar

Tashrifchilar:
— jamoat tartibiga rioya qilishi
— eksponatlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi
— diniy hududlarda kiyinish qoidalariga amal qilishi shart

 

Taqiqlanadi:
— eksponatlarga ruxsatsiz tegish
— flesh bilan suratga olish
— ruxsatsiz ekskursiya o‘tkazish
— ruxsatsiz tijorat faoliyati

 

Qoidalar bilan qayerda tanishish mumkin?

— Markazning rasmiy saytida
— onlayn platformalarda
— kassalar va kirish joyida

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

2027-yildan sport musobaqalari g‘oliblariga diplom va sertifikatlar elektron shaklda beriladi.

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

YTHga avtomobil rul boshqaruvida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezidentni O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said va sultonlikning yuqori darajali rasmiylari kutib oldi.

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Uy-joy masalasini hal etishning yana bir varianti sifatida mulkdorlarga Yangi Toshkent hududidan xonadon ajratish taklif etilishi mumkin.

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Maktabning tom qismi qulab tushgan, boshqa xonalarida ham konstruktiv nuqsonlar aniqlan bo'lib, bino foydalanishga yaroqsiz deb topilgan.

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

Toshkent shahrida hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi.