Siyosat

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbat avvalida tomonlar Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi munosabati bilan samimiy tilaklar bildirdi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Suhbat avvalida yetakchilar bir-birlarini muborak Ramazon hayiti va bahoriy Navro‘z ayyomi munosabati bilan dildan qutlab, ikki mamlakatning qardosh xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladilar.

 

Davlat rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham samimiy tabriklarini yo‘lladi.

 

O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Barcha darajalarda samarali muloqotlar davom etmoqda. Tovar ayirboshlash hajmining barqaror o‘sishi, shu jumladan tayyor mahsulotlarni yetkazib berish orqali ta’minlanmoqda. Yaqinda ishga tushirilgan “Shovot-Toshhovuz” savdo zonasining samarali faoliyati ham o‘zaro savdoning oshishiga xizmat qilmoqda.

 

Yuk tashishlar hajmi, shu jumladan Turkmanboshi porti orqali izchil ortib bormoqda. Energetika, sanoat, suv xo‘jaligi va transportda kooperatsiya kengayib bormoqda, Parlamentlararo, hududlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Tomonlar Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoda yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar. Barqaror tinchlikka erishishning yagona yo‘li vaziyatni siyosiy-diplomatik choralar bilan hal etish ekani ta’kidlandi.

 

Joriy yilda ko‘zda tutilgan ko‘p va ikki tomonlama tadbirlar rejasi ham muhokama qilindi.

custom img

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi uchun boj undirishni ko‘rib chiqmoqda

Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalarining xavfsiz harakati ta’minlanishi uchun mamlakatlar boj to‘lashga majbur bo‘ladi.

custom img

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev suhbatlashdi

Muloqotda O‘zbekiston–Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Tramp jamoasi ichida kelishmovchilik yuzaga keldi — Bild

Eronga qarshi urush fonida AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens va Davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tabrikladi

Qozog‘istondagi referendumda qariyb 90 foiz ovoz bilan yangi Konstitutsiya loyihasi ma’qullandi.

custom img

AQSH Yaqin Sharqqa 5 000 nafar dengiz piyodasi va qo‘shimcha harbiy kemalarni yuboradi

Shuningdek, AQSH dengiz flotining amfibiya jangovar kemasi USS Tripoli ham Yaqin Sharqqa yo‘naltirilmoqda.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga uchuvchisiz dron hujumlarini qoraladi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari Naxchivondagi dron hujumi masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston tomoni mazkur hujum yuzasidan jiddiy xavotir bildirib, xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.

custom img

Oʻzbekiston Prezidenti Kuvayt va Qatar yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi

Muloqotda Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinligi va hududdagi xavflar muhokama qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"