Jahon

Fors ko‘rfazidagi vaziyat sabab Yevropada yonilg‘i cheklovlari joriy qilinmoqda

Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi taranglik va neft yetkazib berishdagi qiyinchiliklar fonida Yevropa davlatlari yonilg‘i sotib olishda haydovchilar uchun kunlik limit belgiladi.

Fors ko‘rfazidagi vaziyat sabab Yevropada yonilg‘i cheklovlari joriy qilinmoqda

Fors ko‘rfazi hududidagi taranglik sababli neft narxlari rekord darajalarga ko‘tarilmoqda. Shuni inobatga olgan holda, Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari yonilg‘i sotuviga ma’muriy cheklovlar joriy qilmoqda.

 

Point nashrining mavjud ma’lumotlarga tayanib xabar berishicha, Yevropada hozir nafaqat yonilg‘i narxi oshgan, balki haydovchilar to‘liq bakni to‘ldira olmayapti. Eng sezilarli ta’sir Markaziy Yevropada kuzatilmoqda. Ayrim hukumatlar vahima va “yonilg‘i turizmi”ni oldini olish maqsadida qat’iy kunlik normalarni belgilamoqda.

 

Sloveniya misolida, fuqarolarga kuniga 50 litr, tadbirkorlarga esa 200 litrdan ortiq yonilg‘i sotilmaydi. Bosh vazir Robert Golob aholiga zaxiralar mavjudligini aytgan, ammo talab oshgani uchun logistika yetarli emasligini ham bildirgan. Yonilg‘i stansiyalariga hatto harbiylar jalb qilinmoqda.

 

Slovakiyada esa moliyaviy limit joriy qilindi: bir transport vositasi uchun kuniga 400 yevrodan ortiq yonilg‘i to‘ldirilmaydi. Yuk mashinalari uchun bu bakning 20 foizidan kamini qamrab oladi.

 

Bozorni beqaror qilayotgan asosiy omillardan biri “yonilg‘i turizmi”, ya’ni qo‘shni davlatlardan kelgan haydovchilarning mamlakatda yonilg‘i to‘ldirishidir. 

 

Shuningdek, mahalliy aholining “qora kun” uchun zaxira qilish harakatlari stansiyalarda baklarning tez bo‘shashiga olib kelmoqda.

 

Yonilg‘i cheklovlari transport kompaniyalarini chet eldan yonilg‘i qidirishga, tez-tez to‘xtashga va transport tariflarini oshirishga majbur qilmoqda. 

 

Bu esa o‘z navbatida do‘kon tokchalaridagi mahsulot narxining ko‘tarilishiga olib keladi.

 

Ba’zi davlatlar esa cheklovlar o‘rniga moliyaviy choralarni qo‘llamoqda. Masalan, Italiya 2026-yil bahorida dizel narxining oshishini qoplash uchun vaqtincha aksizlarni kamaytirish va transport kompaniyalari uchun 100 million yevro soliq imtiyozlari ajratdi. Ammo ekspertlar bu choralarni bozorni beqarorligidan to‘liq himoya qiluvchi vosita emas, deb baholamoqda.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.