Jahon

Eron muzokaralarni cho‘zayotgani uchun buning narxini to‘laydi — Tramp

AQSh prezidenti Tehronning harakatlarini tanqid qildi va yangi ogohlantirish berdi.

Eron muzokaralarni cho‘zayotgani uchun buning narxini to‘laydi — Tramp

 

Donald Tramp Eronni muzokara jarayonini cho‘zishda ayblab, bu holat Tehron uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishini ta’kidladi.

 

O‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan bayonotida Tramp Eron kelishuvga erishish imkoniyatidan o‘z vaqtida foydalanmaganini qayd etgan.

 

“Ular o‘zlari uchun juda qulay bo‘lishi mumkin bo‘lgan kelishuv yuzasidan muzokaralar olib borishda haddan tashqari ko‘p vaqt yo‘qotdi va endi buning narxini to‘lashlariga to‘g‘ri keladi”, — degan AQSh prezidenti.

 

Shuningdek, Tramp Eron qurolli kuchlarining imkoniyatlari haqida ham fikr bildirib, mamlakatning harbiy salohiyati sezilarli darajada zaiflashganini ta'kidlagan.

 

AQSh Markaziy qo‘mondonligi avvalroq Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida Apache vertolyoti bilan bog‘liq hodisadan so‘ng Eron hududidagi ayrim harbiy obyektlarga zarbalar berilganini ma’lum qilgan edi. Vashington ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar havo mudofaasi tizimlari, radar stansiyalari hamda boshqaruv infratuzilmasiga qaratilgan.

 

Tehron esa bunga javoban Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy obyektlariga qarshi zarbalar uyushtirganini bildirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.