Jahon

Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini ma'lum qildi

Gazning yetkazib berish hajmini yiliga 11 milliard kubometrgacha oshirish imkoniyati ham muhokama qilinmoqda.

Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini ma'lum qildi

 

Qozog‘iston O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish hajmini oshirish imkoniyati mavjudligini ma’lum qildi. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Yerlan Akkenjenov jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida bildirib o‘tdi deb xabar beradi TASS.

 

Uning ta’kidlashicha, tranzit hajmlarini ko‘paytirish masalasi, avvalo, transport infratuzilmasi imkoniyatlariga bog‘liq. Vazirning qayd etishicha, Qozog‘iston tomoni bu borada zarur texnik imkoniyatlariga ega hamda qo‘shimcha gaz tranzitini ta’minlashga tayyor.

 

“Qozog‘iston tomonida bunga hamma narsa tayyor. Hozir Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida ushbu masala bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Biz tranzit davlat sifatida gaz tashishni ta’minlashga tayyormiz”, — degan Akkenjenov.

 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, istiqbolda Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini yiliga 11 milliard kubometrgacha oshirish imkoniyati ham muhokama qilinmoqda.

 

Avvalroq Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ham Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida gaz infratuzilmasini kengaytirish hamda qo‘shimcha gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini ma’lum qilgan edi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"