Jahon

Rossiyada “Tolibon”ni tanqid qilganlik uchun birinchi marta jarima tayinlandi

19 yoshli yigit tomonidan qoldirilgan izoh sud tomonidan millatlararo adovatni qo‘zg‘atish sifatida baholangan.

Rossiyada “Tolibon”ni tanqid qilganlik uchun birinchi marta jarima tayinlandi

Rossiyaning Rostov-na-Donu shahridagi Oktyabr tuman sudi “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida “Tolibon” haqidagi post ostida qoldirilgan izoh sababli mahalliy fuqaroga ma’muriy javobgarlik doirasida jarima tayinladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 19 yoshli Egor A. “VKontakte”dagi post ostida nafrat qo‘zg‘atish bilan bog‘liq izoh qoldirgan. Sud hujjatlarida qayd etilishicha, u Aerotex kompaniyasida ishlaydi.

 

“VKontakte”dagi postda “Tolibon Rossiyani granatalar, mayiz, koka-kola, gilamlar va paxta bilan to‘ldiradi” deb yozilgan bo‘lib, uning ostiga Egor A. “G‘orliklarning Rossiyada nima ishi bor?” mazmunida izoh yozgan. Izoh sud tomonidan millatlararo adovatni qo‘zg‘atish sifatida baholangan.

 

Sud qarorida ayblanuvchining yana migrantlarga oid ikki izohi ham ish materiallariga qo‘shilgani qayd etilgan.

 

Qayd etilishicha, Egor A. o‘z aybini tan olgan va pushaymonligini bildirgan. Sud unga 10 ming rubl miqdorida jarima tayinlagan.

 

Ma’lumot o‘rnida “Tolibon” 2021-yilda Afg‘onistonda hokimiyatga kelganidan so‘ng Rossiyada terroristik tashkilot sifatida taqiqlangan edi. 2025-yil aprel oyida esa Rossiya Oliy sudi “Tolibon”ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga qaror qilgan.

custom img

Islohotlar bo‘lmasa, 25 yildan keyin Yevropa Ittifoqi yo‘q bo‘ladi — Orban

Vengriya sobiq Bosh vaziri Yevropa Ittifoqi hozirgi holatda o‘zini isloh qila olmayotganini aytib, uning kelajagiga shubha bildirdi.

custom img

Isroillik ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohildagi ikki masjidga o‘t qo‘ydi

Hodisa ikki kun avval yuz bergan qonli to‘qnashuv ortidan sodir bo‘ldi.

custom img

Xitoyda “Xunsya” tayfun sabab 700 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi

Guandun provinsiyasida kuchli shamol va jala yog‘ishi sabab favqulodda choralar kuchaytirildi.

custom img

Badaxshonda "Tolibon" va Ozodlik fronti o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Qurolli to‘qnashuvlar kuchayishi "Tolibon" boshqaruvidan norozilik, etnik vakillik va tabiiy resurslar bilan bog‘liq muammolar oqibati sifatida baholanmoqda.

custom img

Kreml To‘qayevning Ukrainadagi mojaroni muzlatish taklifini rad etdi

Kreml To‘qayevning taklifini amaldagi sharoitda amalga oshirib bo‘lmasligini bildirdi. Rossiya bu boradagi asosiy shart sifatida o‘z maqsadlariga erishishni ko‘rsatdi.

custom img

To‘qayev Putinni Ukrainadagi urushni "muzlatish"ga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Omskdagi muzokaralarda mojaroni "Istanbul formulasi 2.0" asosida hal etishni taklif qilib, tinchlikka buyuk davlatlar kafolati ostida erishish mumkinligini bildirdi.

custom img

Suriyada ikkita avtobus to‘qnashdi, 35 kishi halok bo‘ldi

Dayr az-Zor–Damashq avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan YTHda yana 30 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi.

custom img

Hindistondagi “Suvaraklar” harakati ta’lim vaziri iste’foga chiqqach, norozilik namoyishlarini to‘xtatdi

Harakat hukumat barcha asosiy talablarni qabul qilganini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"