Jahon

AQSH va Eron shu hafta oxirigacha tinchlik bitimini imzolashi mumkin — Tramp

Eronning Fars agentligi ham Tehron bitimni ma’qullashi ehtimoli yuqori ekanini xabar qildi.

AQSH va Eron shu hafta oxirigacha tinchlik bitimini imzolashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar va Eron o‘rtasida tinchlik bitimi shu hafta oxiridayoq imzolanishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Trampning ta’kidlashicha, kelishuv amalga oshsa, Hormuz bo‘g‘ozi orqali xalqaro dengiz qatnovi qayta tiklanadi.

 

Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot qilgan Tramp tomonlar urushni yakunlash bo‘yicha muhim kelishuvga erishganini aytdi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hujjat yaqin kunlarda, ehtimol hafta oxirida imzolanishi mumkin.

 

Eronning Fars agentligi ham Tehron bitimni ma’qullashi ehtimoli yuqori ekanini xabar qildi. Biroq Eron tomoni hozircha rasmiy javob bermagan.

 

Trampning bildirishicha, kelishuvning asosiy sharti Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Shu bilan birga, Tehron xalqaro sanksiyalarni bekor qilish, muzlatilgan mablag‘larni qaytarish hamda Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratini tan olishni talab qilmoqda.

 

Reuters manbalariga ko‘ra, Eron va G‘arb vakillari o‘rtasida harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar so‘nggi kunlarda jadallashgan. Eronlik manbalar siyosiy kelishuvga erishilganini, ammo ayrim masalalar yuzasidan muzokaralar davom etayotganini bildirgan.

 

Tramp, shuningdek, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bo‘lajak bitim Eron rahbariyatining yuqori darajalari hamda Isroil, Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi.

 

Xabarlardan so‘ng AQSH fond bozorlari o‘sishni qayd etdi, neft narxlari esa pasaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Isroilning 28-fevral kuni Eronga bergan havo zarbalaridan so‘ng boshlangan mojaro uch oydan buyon davom etmoqda. Urush oqibatida minglab odamlar halok bo‘lgan, global energiya bozorlarida esa keskin tebranishlar kuzatilgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.