O'zbekiston

AQSHdan yana 24 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

Ular immigratsiya qoidalarini buzganlikda ayblangan.

AQSHdan yana 24 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

 

AQSH immigratsiya qonunchiligini buzganlikda ayblanib deportatsiya qilingan 24 nafar O‘zbekiston fuqarosi charter reys orqali Toshkentga olib kelindi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, AQSHdan uchib kelgan maxsus charter reysi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan.

 

Fuqarolarni vataniga qaytarish jarayoni O‘zbekiston va AQSHning vakolatli idoralari o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan hamkorlik asosida amalga oshirilgan. Hamkorlik doirasida shaxslarni identifikatsiya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ularning xavfsiz qaytishini ta’minlash bilan bog‘liq barcha tashkiliy-huquqiy masalalar tezkor tartibda hal etilgan.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston migratsiya jarayonlarini tartibga solish, noqonuniy migratsiya holatlarining oldini olish hamda xorijda bo‘lib turgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida xorijiy hamkorlar bilan muntazam hamkorlikni davom ettirmoqda.

 

Mutasaddilar fuqarolarni xorijga chiqishda qabul qiluvchi davlatlarning migratsiya va yashash qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSHda 4,5 million dollarlik tovarlarni o‘g‘irlashda gumonlangan, noqonuniy poyga uyushtirgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"