Jahon

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 30 yilga qamaldi

Yun Sok Yol Shimoliy Koreyaga dron yuborish operatsiyasini tashkil etishda aybdor deb topildi.

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 30 yilga qamaldi

 

Janubiy Koreyaning Seul markaziy sudi mamlakat sobiq prezidenti Yun Sok Yolni Shimoliy Koreya hududiga dronlar yuborish bilan bog‘liq ish bo‘yicha 30 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.

 

Sud materiallariga ko‘ra, sobiq prezident 2024-yilda Shimoliy Koreya hududiga dronlar yuborish operatsiyasini tashkil etishda aybdor deb topilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu harakatlar Koreya yarimorolida keskinlikni kuchaytirish va keyinchalik harbiy holat joriy etish uchun asos yaratishga qaratilgan bo‘lgan.

 

Mazkur ish doirasida sobiq mudofaa vaziri Kim Yong-hyun ham 30 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Sud qarorida ayblanuvchilar Shimoliy Koreya tomonidan javob harakatlarini qo‘zg‘atish maqsadida harbiy operatsiyalardan foydalangani qayd etilgan.

 

Bu Yun Sok Yolga nisbatan chiqarilgan ilk og‘ir hukm emas. Avvalroq u 2024-yil dekabr oyida joriy etilgan harbiy holat bilan bog‘liq isyon ishida ham umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

custom img

Vengriyada polshalik sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 12 kishi halok bo‘ldi

Politsiya haydovchi uxlab qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Haydovchi hibsga olingan.

custom img

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"