Jahon

Xitoyda portlash oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Hozircha portlash sabablari rasman ma’lum qilinmagan.

Xitoyda portlash oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

 

Xitoyning janubidagi Guangsi Chjuan avtonom rayonida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, yana 17 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Sin’an okrugi hududida yuz bergan. Voqea joyiga favqulodda xizmatlar va qutqaruv guruhlari jalb etilgan bo‘lib, qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

Hozircha portlash sabablari rasman ma’lum qilinmagan. Mutasaddi idoralar tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil may oyida Xitoyning Changsha shahridagi pirotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada yuz bergan portlash oqibatida 26 kishi halok bo‘lgan, 61 kishi jarohatlangandi.

custom img

Yevropada jazirama tufayli bir haftada 10 mingdan ortiq o‘lim qayd etildi

Rekord darajadagi issiqlik to‘lqini 27 Yevropa mamlakatida minglab qo‘shimcha o‘lim holatlariga sabab bo‘ldi.

custom img

AQSh Eronning 13 ta shahriga zarba berdi

Havo hujumlari oqibatida qurbonlar haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

custom img

Parijda Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish masalasi muhokama qilinadi

"Coalition of the Willing" sammitida Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirish va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar masalasi ko'rib chiqiladi.

custom img

Yevropada jazirama sabab 10 mingdan ortiq odam vafot etdi

Issiq bilan bog‘liq o‘limlarning 9 mingdan ortig‘i 65 yosh va undan katta fuqarolar orasida qayd etilgan.

custom img

Bangkokdagi barda yuz bergan yong‘in oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi

60 dan ortiq kishi jarohatlangan, ayrim shaxslar bedarak yo‘qolgan.

custom img

Qatarning sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy vafot etdi

Mamlakatda to‘rt kunlik motam e’lon qilindi. Bir necha davlatlar yetakchilari Shayx Hamadning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

custom img

AQSH Eronga yana zarba berdi, Hormuz bo‘g‘ozi yopildi

AQSH bir hafta ichida uchinchi bor Eron hududiga zarba berdi. Bunga Hormuz bo‘g‘ozidagi fuqarolik kemasiga uyushtirilgan hujum sabab qilib ko‘rsatildi.

custom img

Qirg‘izistonda amaldorlarga qarindoshlarini ishga qabul qilish va sovg‘a olish taqiqlandi

Hujjat 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurash davlat strategiyasini amalga oshirish doirasida qabul qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"