O'zbekiston

Toshkentda xavfli harakatlanib, bir nechta mashinani pachoqlab ketgan Cobalt o‘q uzib to‘xtatildi

IIO xodimlari boshqa fuqarolarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida tabelli quroldan foydalandi.

Toshkentda xavfli harakatlanib, bir nechta mashinani pachoqlab ketgan Cobalt o‘q uzib to‘xtatildi

 

Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, boshqa harakat ishtirokchilarining hayotiga xavf tug‘dirgan Cobalt rusumli avtomobil haydovchisining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda Yo'l harakati xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 11-iyun kuni soat 21:34 lar atrofida 1982-yilda tug‘ilgan fuqaro ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turuvchi R.Y. o‘z boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasida Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda boshqa fuqarolar hayotini xavf ostiga qo‘ygan.

 

Haydovchi ichki ishlar organlari xodimlarining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, harakatni davom ettirgan hamda bir nechta transport vositalariga texnik shikast yetkazgan.

 

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida boshqa fuqarolarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tabelli quroldan foydalanilgan. Ogohlantirish berilgach, avtomobil g‘ildiragiga o‘q uzilib, transport vositasi to‘xtatilgan va haydovchining keyingi noqonuniy harakatlariga barham berilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.