Jahon

Yer iqlimi muvozanatdan chiqib ketdi — BMT

Shuningdek, Jahon meteorologiya tashkiloti davom etayotgan iqlim o‘zgarishlari sababli ogohlantirish berdi.

Yer iqlimi muvozanatdan chiqib ketdi — BMT

Jahon meteorologiya tashkiloti 2025-yil iqlim hisobotida qayd etilishicha, iqlim “ilgari hech qachon duch kelmagan beqarorlikka” yuz tutgan. Bu haqda Point xabar bermoqda.

 

Hujjatda aytilishicha, vayronkor o‘zgarishlar bir necha o‘n yillar davomida sodir bo‘lgan, ammo ularning salbiy oqibatlari yuz yillar, balki ming yillar davomida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

 

“Jahon iqlimi favqulodda holatda, Yer o‘z imkoniyatlarining chegarasiga yetmoqda”, — dedi BMT Bosh kotibi Аntonio Guterrish. 

 

Hisobotda 2025-yil kuzatuvlar boshlanganidan buyon ikkinchi yoki uchinchi eng issiq yil bo‘lganligi tasdiqlangan. O‘rtacha global harorat sanoat oldi davridan 1,43 daraja Selsiygacha oshgan. Bu Parij kelishuvida belgilangan 1,5 daraja chegarasidan biroz past xolos.

 

 2015–2025-yillar oralig‘i esa tarixdagi o‘lchovlar bo‘yicha eng issiq o‘n bir yilni tashkil etgan.

 

Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) Bosh kotibi Selest Saulo haddan tashqari ekstremal ob-havo hodisalarining oqibatlariga e’tibor qaratdi. Unga ko‘ra, o‘tgan yili issiq to‘lqinlar, o‘rmon yong‘inlari, qurg‘oqchiliklar, bo‘ronlar va suv toshqinlari minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi, millionlab odamlarni ta’sirladi va milliardlab yevro miqdorida iqtisodiy zarar keltirdi.

 

Uch asosiy issiqxona gazlari – CO2, metan va azot oksidi – konsentratsiyasi 2025-yilda ham o‘lchov stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra o‘sishda davom etdi. Okeanlar 1960-yildan buyon rekord darajada isidi, va bu isish sur’ati tezlashmoqda: 2005–2025-yillarda isish tezligi 1960–2005-yillar ko‘rsatkichidan ikki barobar yuqori bo‘ldi.

 

Muzliklarning erishi ham yuqori sur’atlarda davom etmoqda. O‘tgan yili Arktika dengiz muzining maydoni sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari boshlangan 1979-yildan buyon minimal yoki ikkinchi minimal darajaga tushdi, Antarktida muzining maydoni esa 2023 va 2024-yillardan keyin uchinchi minimal darajaga tushdi.

 

Hisobotda ilk marta Yerning energiya nomutanosibligi – iqlim ko‘rsatkichlaridan biri – bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu nomutanosiblik, Yer tomonidan so‘riladigan va qayta aks ettiriladigan quyosh energiyasi nisbati bilan o‘lchanadi, 1960-yildan beri uzluksiz o‘sib bormoqda va 2025-yilda rekord darajaga yetdi.

 

JMT ma’lumotlariga ko‘ra, ortiqcha issiqlikning 91 foizdan ortig‘i global okean tomonidan so‘riladi, atrof-muhit va yer yuzasi faqat 1 foizini oladi, 5 foizi esa quruqlik massalariga tushadi.

 

Yevropa Ittifoqi Copernicus xizmati 2025-yilni meteorologik kuzatuvlar boshlanganidan buyon uchinchi eng issiq yil deb baholadi. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.