Jahon

1918-yilda ozarbayjonliklarga qarshi sodir etilgan genotsid qurbonlari xotirlanmoqda

1918-yil 30-mart va 3-aprel kunlari oralig'ida 70 mingdan ortiq ozarbayjonlik o‘ldirilgan.

1918-yilda ozarbayjonliklarga qarshi sodir etilgan genotsid qurbonlari xotirlanmoqda

Ma’lumotlarga ko’ra, 1918-yil 30-mart va 3-aprel kunlari oralig'ida Boku Soveti va Dashnoq armanlari qurolli guruhlari Boku shahri va Boku viloyatining turli hududlarida, shuningdek, Shamaxi, Guba, Xachmaz, Lankaran, Hojiqobul, Salyan, Zangezur, Qorabog', Naxchivon va boshqa hududlarda 70 mingdan ortiq ozarbayjonlikni o‘ldirgan; Boku uyezdida 229 ta qishloq, Ganja uyezdida 272 ta, Zangezurda 115 ta, Qorabog‘da 157 ta qishloq yer yuzidan yo‘q qilingan; aholi punktlari yoqib yuborilgan, minglab oilalar o‘z yurtidan quvilgan. 

 

Qayd etilishicha, mart genotsidi bevosita “Evelina” kemasida musulmon harbiylarini qurolsizlantirishdan keyin boshlangan bo‘lib, bu aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. 27-mart kuni taxminan 300 kishilik musulmon polki askarlari va ofitserlari Lankaran shahridan Boku shahriga Haji Zeynalabdin Tagiyevning o‘g‘li Muhammadning dafn marosimida qatnashish uchun kelgan edi. U tasodifan qurol bilan muomala qilish natijasida halok bo‘lgan.

 

29-mart kuni ular “Evelina” kemasida qaytishga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda, Boku Soveti ularni qurolsizlantirish maqsadida portga qurollangan gvardiyachilarni yuborgan. Otryad bo‘ysunishdan bosh tortgach, qurollar kuch bilan tortib olingan.

 

Bu harakat mahalliy aholining g‘azabini qo‘zg‘atdi. Ular Tazapir masjidi va “Ismailiya” binosida yig‘ilishlar o‘tkazib, qurollarni qaytarishni talab qildilar. 30-mart kuni soat 16:40 da muzokaralar muhokamasi davomida provokatsiya sodir etildi va Stepan Shaumyan muzokaralar to‘xtatilganini e’lon qildi. Shundan so‘ng bolshevik-dashnoq qurolli guruhlari Bokuda qirg‘in boshlagan.

 

Manbalarda qayd etilishicha, ushbu to‘qnashuvlar davomida Boku shahrida va boshqa hududlarda tinch aholi yashaydigan mahallalarga hujumlar uyushtirilgan, ayrim binolar vayron qilingan va yoqib yuborilgan. Voqealar aprel oyining boshlariga qadar davom etgan va keyinchalik boshqa hududlarga ham tarqalgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mart voqealarida 12 mingdan ortiq ozarbayjonlik halok bo‘lgan. Keyinchalik tashkil etilgan Favqulodda tergov komissiyasi ushbu voqealarni o‘rganib, bir qator hududlarda katta talafotlar qayd etilganini ma’lum qilgan. Jumladan, Shamaxa uyezdida minglab aholi vakillari halok bo‘lgani, Guba hududida esa o‘n minglab qurbonlar va yuzlab vayron qilingan qishloqlar qayd etilgan. 2007-yilda Guba hududida ommaviy qabristonlar aniqlangani ham ma’lum qilingan.


Mazkur voqealarga siyosiy baho berish jarayoni Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davrida boshlangan. 1918-yil 15-iyulda Favqulodda tergov komissiyasi tuzilgan. 

 

1998-yil 26-martda esa Ozarbayjonning sobiq prezidenti Heydar Aliyev farmoni bilan 31-mart ozarbayjonliklar genotsidi kuni deb e’lon qilingan.

 

Keyingi yillarda ushbu voqealarni o‘rganish va yoritish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilgan. 2018-yilda Ilham Aliyev tomonidan mazkur voqealarni keng yoritish yuzasidan maxsus reja tasdiqlangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

1918-yilda ozarbayjonliklarga qarshi sodir etilgan genotsid qurbonlari xotirlanmoqda | Zamon.uz